Vadim Abramov Shomurodov transferini qanday qabul qildi?

  • 2 oktabr, 2020, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari “Rostov”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodovning “Jenoa”ga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovdan fikrlarini so‘radi.

Tecno

- Milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida men uchun eng asosiysi, Shomurodovning “Jenoa”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishidir. Rossiya premer-ligasining Italiya kabi top chempionatlardan farqi katta, deb o‘ylamayman. “Rostov” ham “Jenoa”dan kuchsiz jamoa emas. “Inter” va “Yuventus” singari kuchli klublarga qarshi o‘yinlar mavsum davomida ko‘p ham bo‘lavermaydi. “Rostov” ham Evropa Ligasining guruh bellashuvlariga chiqqanida ana shunday grand  jamoalar bilan kuch sinashish imkoniga ega bo‘lardi.

1200_1200_max_8_1

Moslashish jarayoni har kimda turlicha kechadi. Buyuk futbolchilar ham birdaniga zo‘r o‘ynab keta olmaydi. Har qanday o‘yinchiga yangi ligaga o‘tganida moslashish uchun muayyan vaqt kerak. Eldor “Jenoa”da o‘ynab ketoladi, deb o‘ylayman. To‘g‘risi, u kamtar yigit va aynan shu xislati unga xalaqit qilishi mumkin. Italiyaliklar esa, bag‘rikeng yigitlar va ularning tili ham unchalik murakkab emas. Transfer borasida Eldor bilan hali gaplashmadim. U terma jamoaga etib kelishi kerak. Beshinchi oktyabrga chiptasi bor. Lekin kelish-kelmasligini bilmayman.

Vaqt O‘zbekistonda sifatli va saviyali futbolchilar borligini ko‘rsatmoqda. Biz O‘zbekiston futbolida hammasi joyida ekanini ko‘rsatish uchun terma jamoalar miqyosida Rossiya bilan uchrashishimiz kerak. Mahsulotni bevosita ko‘rsatish kerak, deyishadiyu. “Paxtakor” “Spartak” bilan o‘yinda omadsizlikka duch keldi (0:4). Bu vaziyat taqozosi edi. Agar hozir ular yana kuch sinashsa, umuman boshqacha o‘yin bo‘ladi, - dedi Vadim Abramov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempioni va 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga chiqish uchun qo‘shma saralash bosqichi uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib bormoqda.

4911570544263

Shu sababli, milliy jamoamiz futbolchilari uchun 3-16 oktyabr kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Ushbu yig‘in doirasida Eron hamda BAA terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan.

8 oktyabr kuni terma jamoamiz Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu bahs “Paxtakor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Vadim Abramov yig‘inga quyidagi futbolchilarni taklif etgan. 

photo_2020-09-30_12-45-04

Eldor Shomurodov bugungi kunda mamlakatimiz bosh jamoasining asosiy hujumchisi va to‘purari hisoblanadi. U terma jamoa tarkibida 43 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 20 marotaba aniq nishonga olgan.

Shomurodov transferining yangi tafsilotlari

Shomurodov Italiyaga uchib ketdi

“Jenoa” futbolchilari Shomurodovni kutib ololmaydi

Yangi ma’lumot. Shomurodov Italiya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi

Shomurodov eng zo‘r futbolchilar termasiga kiritildi (foto)

Shomurodovning narxi qancha? “Rostov” “Jenoa”ning 8 millionini mensimadi yoxud Eldorga Evropadan yana uchta taklif bor

"Jenoa" Eldor Shomurodovni olyapti

Kanchelskis Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynash usulini o‘rgatdi. Eldorni Ronaldu bilan raqobat kutmoqda

Shomurodov transferi bo‘yicha tezkor ma’lumot. “Rostov” Eldorni qo‘yib yubormayapti

“Rostov” Shomurodov o‘rniga Buxoroda tug‘ilgan hujumchini oladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Saidjahon Abdujamilov
05/10/2020 13:42
Nima uchun Rashidovga hech kim etibor bermayapti? Uning hujukorligi, tezkor hujumlar uyushtirishi, driblinglari,texnikasi, kuchli va aniq zarbalari Qatar maydonlarida ancha toblangan ( oldin ham jud ayaxshi bòlgan ). Xavidek futbol afsonasi murabbiylik qilayotban al-Saad klubi uni hatid qilish ehtimoli bir. Bu degani Xavi unda nimadir ko'rgan. Uning tajribasi va fizik holati yog'inga jalb etilgan bazi futbolchilarnikidan ancha kuchli.
Bu commentimni òqiyotganlar murabbiylarga bu fikrim yetib borsa bir òylab kòrishsin. Rashidov hali terma jamiamiz uchun juda kòp foyda keltira olishiga ishonaman. Òng qanotga Rashidov , chapga esa Masharipov bular qanotni yurģizib bera oladogan mahoratli futbolchilar