Xorijlik ekspert: O‘zbek futbolchisini haqiqatan zo‘r deyishyapti.

  • 5 avgust, 2023, 23:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiyalik futbol ekspertlari ham “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaevning Premer-liga etakchi klublaridan TsSKA transferini keng muhokama qilmoqda.

30509.120134.789

Xususan, TsSKAning sobiq futbolchisi, futbol murabbiyi, eksperti va sharhlovchisi bo‘lib faoliyat yuritgan Aleksandr Tarxanov ham Rossiya ommaviy axborot vositalariga o‘zbek futbolchisi tranferi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

- To‘g‘risini aytsam, men bu Abbosbek Fayzullaevni bilmayman. Chunki uning o‘yinlarini bevosita ko‘rmaganman.

Shu bois, bu futbolchining  salohiyati qay darajada ekani, darrov asosiy tarkibga qo‘shiladimi yoki yo‘q, bunga baho bera olmayman.

Menimcha, TsSKA tarkibni kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda va bu futbolchini ham aynan mana shu maqsadda safga qo‘shib olishdi. Men hammasini bilmayman va uni ko‘rmaganman.

Lekin Fayzullaevni zo‘r deyishyapti.

Uning 19 yoshligini aytishyapti. Shunday bo‘lsa, nima qipti? 16 yoshida ham terma jamoada o‘ynaydiganlar bor.

Muxlislar bundanda katta transferni kutishganini ta’kidlashmoqda. Bu masalaga fanatlarning daxli yo‘q. Kimni olib kelishni ishqibozlar emas, rahbariyat hal qiladi. Bir futbolchini olib kelishdimi, demak, bu bejizga bo‘lmaydi. Hech kimni shunchaki olishmaydi.

Bu yog‘iga futbolchi nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kerak. Uni juda yaxshi o‘yinchi ekanini aytishyapti. Endi buni amalda ko‘ramiz, - dedi Aleksandr Tarxanov.

Aleksandr Tarxanov futbolchilik faoliyatining katta qismini TsSKA klubida o‘tkazgan. U moskvalik armiyachilar safida to‘qqiz mavsum davomida jami 249 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 61 marotaba ishg‘ol qilgan.

Bu mutaxassis o‘zbek futboliga begona emas. U 1991-1992 yillari “Paxtakor” klubida faoliyat ko‘rsatgan. Keyin Moskvaning “Spartak” klubiga ko‘chib o‘tgan.

Tarxanov faoliyati davomida Rossiyaning “Spartak”, TsSKA, “Torpedo”, “Terek”, “Krilya Sovetov”, “Saturn”, “Nika”, “Kuban”, “Ximki”, “Ural”, “Enisey”,  Litvaning “Vetra”, Bolgariyaning “Slaviya”, Armanistonning “Pyunik” klublarida murabbiylik va boshqaruv bo‘yicha turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ta’kidlash joiz, “Paxtakor” akademiyasida tarbiyalangan Abbosbek Fayzullaev 2021 yilning boshidan asosiy tarkibda o‘ynab kelayotgan edi. 19 yoshli o‘yinchi klublar miqyosida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol va uchta assist yozdirib qo‘ygan.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi sifatida Osiyo va jahon chempionatlari ishtirokchisi. Osiyo chempionati g‘olibi va ushbu turnirning eng zo‘r futbolchisi bo‘lgan.

Abbosbek  yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham jalb etib kelinmoqda. Srechko Katanets jamoasida hozirgacha uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta to‘p ham kiritdi.

fayzullayev-u20-gol2

TsSKA rahbariyati o‘zbek legioneri bilan 2026 yilning yozigacha shartnoma tuzdi. Tomonlar kelishuvga ko‘ra¸hamkorlikni yana bir yil uzaytirish imkoniyati bor.

Premer-liga klubi nega aynan o‘zbek legionerini transfer qilganini ochiqladi

Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi

Fayzullaev TsSKA vakillariga qaysi pozitsiyalarda o‘ynashini aytdi

“Lans” rejasi o‘zgardi: Husanovga atalgan joyda endi boshqa himoyachi o‘ynaydi

Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti

Mashhur murabbiy Shomurodovga baho berdi

Fayzullaevning TsSKAga transferiga nima xalaqit qilyapti?

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!