Buyuk darvozabonlar va ularning ajoyib-u g‘aroyib rekordlari

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

JCh-2018 saralash bosiqchida Albaniyaga qarshi o‘yinda Italiya termasi darvozaboni Janluidji Buffon faoliyatidagi 1000-o‘yinini o‘tkazdi va yana bir o‘ziga xos bo‘lgan natija qayd etdi. . Biz esa shu munosabat bilan sizlarni darvozabonlar tomonidan o‘rnatilgan ajoyib rekordlar bilan tanishtiramiz.

>>Jiru ham kurashga qo‘shildi yoxud Frantsiya termasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

>>Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari

>>“Real”ning 7-raqam egalari

• “Vasko Da Gama” darvozaboni Jeraldo “Mazaropi” Pereyra 1816 daqiqa davomida o‘z darvozasidan birorta to‘p olib chiqmaganva bu jahon rekordi sanaladi;

• Evropada esa bu borada “Bryugge” klubi sobiq kiperiga teng keladigani topilmagan – 1390 daqiqa “quruq” o‘yin;

>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

• Jahon futbolida professional maqomida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabon Piter Shiltondir – 1391 o‘yin;

• Kuchli beshlik chempionatlari orasida eng uzun “quruq” seriya “MYu”ning sobiq kiperi Edvin van Der Sarga tegishli – 1311 daqiqa;

• Bu borada ikkinchi natija Manuel Noyerga tegishli – 1147 daqiqa. Noerning ushbu seriyasiga jamoadoshi Badshtuber nuqta qo‘ygan;

•  Janluidji Buffon esa 1000 o‘yinda maydonga tushgan va shulardan 426 ta o‘yinni “nol”ga tugatgan;

>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar

• A Seriyadagi eng uzun “quruq seriya” ham Buffonga tegishli. O‘tgan yili o‘rnatilgan edi mazkur rekord;

• Ispaniya La ligasida esa bu boradagi eng yaxshi natija Iker Kasilyasga tegishli – 952 daqiqa;

• To‘purar-darvozabon iborasini Rojerio Seniga qo‘llasa bo‘ladi. Boisi, uning hisobida oz emas, ko‘p emas 131 ta gol mavjud;

>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

• AQSh ayollar termasi darvozaboni – Xoup Solo terma jamoadagi 102 uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola bilgan. Bunday natija erkaklar futbolida qayd etilmagan;

• Erkaklar futbolidagi bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Iker Kasilyasda – 101 ta “quruq” o‘yin;

>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

• Futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon Janluidji Buffondir. 2001 yilda uni “Yuventus” 52 mln evro evaziga “Parma”dan harid qilgan edi;

• “Styaua” darvozaboni Xelmut Dukadam “Barselona”ga qarshi kechgan EChK finalida penaltilar seriyasida “blaugranaslar”ning 4 ta zarbasini bartaraf etish muvaffaq bo‘lgan;

• Faqatgina afsonaviy Lev Yashin darvozabon bo‘lsada, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olgan.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!