Ertangi raqibimizning JCh-2018 saralashidagi ishtirokiga oid 10 ta fakt

  • 22 mart, 2017, 20:50
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ertaga O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2018 so‘nggi saralash raundidagi 6-tur uchrashuvida Suriya termasiga qarshi bahs olib boradi. Biz esa mazkur termaning JCh-2018 saralashiga oid 10 ta faktni e’tiboringizga havola etamiz.


1. Suriya terma jamoasi JCh-2018/OK-2019 saralashidagi yurishini huddi O‘zbekiston singari ikkinchi raunddan boshlagan;

2. Suriyaliklar ikkinchi raundda Singapur, Afg‘oniston va Kambodja termalarini ortda qoldirgan xolda bu bosqichga etib kelgan. Darvoqe, Suriya bilan Yaponiya ham keyingi bosqichga chiqgan;

3. Suriyaliklar ikkinchi raundda faqatgina Yaponiyaga har ikkala o‘yinda yirik hisobda mag‘lub bo‘lishgan. Qolgan barcha o‘yinlarni ushbu terma o‘z foydalariga xal etishgan;

4. Suriya termasi ikkinchi raunddagi 8 bellashuvda raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol etishning uddasidan chiqib, o‘z darvozalaridan 11 ta to‘p olib chiqgan;

5. Ammo Suriya termasi xal etuvchi bosqichda bor-yo‘g‘i 1 ta gol kiritib, 2 ta gol o‘tkazdi. Ushbu bosqichdagi hech bir jamoa Suriyachalik kam gol kiritgan emas;

6. Ertangi raqibimiz tarkibidagi Omar Xarbin saralashda jami 7 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston termasida bu safargi saralashda eng ko‘p gol kiritgan futbolchi Sardor Rashidovdir – 5 ta gol;

7. Ertaga to‘pga egalik qilishda anchagina no‘noq bo‘lgan ikki terma Malayziyada kuch sinashadi. Har xolda statistika bizni shunday fikrlashga majbur etmoqda. Boisi, O‘zbekiston xamda Suriya to‘pga egalik qilish borasida A guruhida eng past natijalarga ega jamoa sanaladi. Mos ravishda 48 va 44 %;

8. Ertangi raqibimiz bu bosqichda anchagina qo‘pol o‘yin namoyish etishmoqda. Zero, ortda qolgan 5 bellashuvda suriyaliklar 9 marta hakam tomonidan ogohlantirilgan va bu borada guruhda ikkinchi eng yomon natijani qayd etib turishibdi(Janubiya Koreyada ahvol bundanda yomon);

9. Suriya termasinig JCh-2018 saralashida kiritgan jami 27 goli 10 nafar futbolchilar tomonidan kiritilgan;

10. Shuningdek, Suriya termasi ushbu bosqichda eng kam burchak zarbasini amalga oshirgan jamoa sanaladi – 5 o‘yinda 15 ta.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!