
“O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
Angliyada nufuzi jihatdan ikkinchi o‘rinda turuvchi liga – Chempionshipning 40-turida “Nyukasl” va “Berton” o‘yinida futbolda kamdan-kam uchraydigan xodisa ro‘y berdi. Gap shundaki, uchrashuv hakami Keyt Straud o‘zi belgilagan penaltini o‘zi bekor qildi.
>>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
>>“Lester” va EChLdagi debyut mavsumida chorak finalga chiqqan 5 jamoa
>>EChL. Tajriba ustunmi yoki yoshlik shijoati
Ushbu o‘yinning 29-daqiqasida bosh hakam “Berton” darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrli jarima zarbasini esa “qarg‘alar” hujumchisi – Mett Ritchi aniq amalga oshirdi. Bu vaziyatda esa ”qarg‘alar” futbolchisi Duayt Geyl jarima zarbasi amalga oshirilmasidan biroz oldin jarima maydoni tomon talpingani uchun hakam golni bekor qildi. Straud janoblari esa yordamchilari bilan nimalarnidir maslahat qilib, penaltini bekor qildi va “Berton” foydasiga erkin zarba belgiladi.
Vaholanki, futbol qoidalariga ko‘ra. Bunday vaziyatda referi penaltini bekor qilishga xaqqi yo‘q edi. Aksincha, Ritchiga penaltini takroran tepish uchun ruhsat berishi lozim edi.
>>Yana 5 ta gol… Yoxud “Napoli” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
Buning o‘rniga esa ingliz hakami “Amerika kashf etdi”. Tanaffus vaqtida esa “Nyukasl” murabbiylari hakamga vaziyatni takroran namoyish etishdi. Ammo kech bo‘lgan edi…
Ritchi baribir o‘z niyatiga etishib, gol kiritishga erishdi. O‘yinda esa aynan “Nyukasl” g‘alaba qozondi.
“Berton” jamoasi murabbiyi Naydjel Klaf esa o‘yindan so‘ng quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
“Menimcha, videotakrorlarga ehtiyoj sezilmoqda. Frantsiya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yinni misol qilishim mumkin. Mening o‘zim ham “Nyukasl”ning goli nega bekor qilinganini tushunmadim”.
>>Mourinoning talabiga javob bermagan “10 yulduz”
“Nyukasl” esa liga rahbariyatidan “kechirim”larni qabul qildi. Jamoadagilarning fikricha, agarda “qarg‘alar” g‘alaba qozonmagan taqdirda, o‘yinni qa tadan xodisa ro‘y bergan 29-daqiqadan davom ettirishi mumkin bo‘lganini aytib o‘tdi.
Straud janoblari boshchiligidagi butun boshli hakamlar brigadasi esa noma’lum muddatga hakamlik qilishdan chetlatildi.
Bu xolat esa bizni befarq qoldirgani yo‘q. Zero, 2005 yil JCh-2006 saralashida Bahraynga qarshi o‘yinda O‘zbekiston termasi ham shunday holatdan jabr chekkan edi. O‘shanda, yaponiyalik Toshimutsu Yoshida “katta sahnaga” chiqqan edi. O‘shanda ushbu janob Jeparovning penaltidan kiritgan golini bekor qilib, Bahrayn foydasiga erkin zarba belgilagan edi. Bizning federatsiyamiz FIFAga arz qilgach esa o‘yin qayta tashkillashtirilgan edi. Qolgani biz uchun qayg‘uli yakun topgani xali ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “Real”ning 7-raqam egalari
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar