“U Messidan ham kuchli bo‘ladi” yoxud Mbappening ajoyib natijalari haqida

  • 21 aprel, 2017, 23:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 yoshli Kilian Mbappe jamoasini EChL yarim finaliga olib chiqdi. Uni hozirning o‘zidayoq grand jamoalar o‘z safida ko‘rish uchun millionlab pullarni “Monako”ga taklif etishmoqda. Biz bugun e’tiborimizni aynan ushbu vunderkindning erishgan natijalariga qaratdik.

Tecno

>>Yarim finalchilar ilgari o‘zaro qanday o‘ynashgan?

>>APL braziliyaliklar uchun emasmi?

>>Ham “Chelsi”, ham “MYu”da o‘ynagan futbolchilar

5 karra “Oltin to‘p” egasi Lionel Messi EChLda 5 ta gol urgan vaqtda 21 yoshni “urib qo‘ygan” edi. Kilian esa buncha golni 18 yoshida kiritishning uddasidan chiqdi.

Mbappe 1/8 final xamda chorak finaldagi 4 o‘yinda 5 ta gol kiritishni uddaladi va barcha erda shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. U bu ishni EChLdagi debyut mavsumidayoq qilgan ilk futbolchi bo‘ldi.

>>Ham “Nasaf” ham “Lokomotiv”da to‘p surgan futbolchilar(Top-6)

1998 yilning dekabr oyida tug‘ilgan Mbappe “Monako”ning so‘nggi 16 o‘yinida 16 ta gol kiritishni uddaladi.

Unga badavlat bo‘lgan “PSJ” xamda “MYu” tinmay “og‘iz solmoqda”. “Real” ustozi Zidan esa u “qirollik klubi” futbolchisiga aylanishi mumkinligini inkor etmadi. Futbolchining o‘zi esa xali bunga tayyor emasligini bildirib o‘tdi.

Hozirda esa ijtimoiy tarmoqlarda Ronaldu bilan bolalikda tushgan rasmi omma e’tiboriga tushgan.

>>Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!

Mbappe bundan tashqari yana bir nechta natijalarga erishishga ulgurdi. Jumladan Frantsiya chempionatida 10 ta yoki undan ortqi gol kiritishni uddalagan eng yosh futbolchi, EChLda to‘p kiritishni uddalagan eng yosh futbolchilardan biridir. Qolaversa, Parijda tug‘ilgan yigitcha EChL pley-offida “dubl”ga erishgan eng yosh futbolchi hamdir.

“Bir kun kelib u albatta “Barselona” yoki “Real”da o‘ynaydi. 18 yoshidayoq Mbappe jamoada asosiy rolda bo‘lib kelmoqda” –, deb aytib o‘tgan edi uning jamoadoshi Fabino sherigi haqidagi savolga.

“Monako”ning  sobiq, “MYu” futbolchisi Antoni Marsyal haqida gapirar ekan Joze Mourino frantsuz futbolchisini agarda, murabbiyga yoqishni istasa, yanada ko‘p shug‘illanishi lozimligini deyarli har bir intervyusida takrorlab keladi.

Mbappe ham yanada kuchli futbolchi bo‘lishni istasa, ko‘p mehnat qilishiga to‘g‘ri keladi. Sababi, futbol olamida u kabi bir porlab, so‘ng meteorit singari so‘nggan “yulduzlar” juda ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!