Van Gaalning “MYu”da amalga oshirgan eng yaxshi va eng yomon transferlari

  • 29 mart, 2017, 20:18
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” so‘nggi yillarda ancha “xotamtoy” jamoaga aylanib bormoqda. Bu holatni biz Lui van Gaal boshqaruvida bo‘lganda ham ko‘rgan edik. Quyidagi maqolamizda esa biz sizlarni aynan gollandiyalik mutaxassis davrida “Old Trafford”ga olib kelingan futbolchilar bilan tanishtiramiz va ularga o‘ziga xos tarzda baho qo‘yib boramiz.

>>“Real”ning 7-raqam egalari

>>Evropa termalarida eng ko‘p gol kiritgan 10 futbolchi

>>Ronaldu nomidagi aeroport, Maradona cherkovi va boshqalar

13. Viktor Valdes

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: Bepul

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 2

Bizning baho: 2-

Bir yil umrini zahirada o‘tkazishga “mahkum” qilingan Valdesni Mourino “Midlsbro”ga “qo‘yib yubordi” va ispaniyalik kipper bunga hurmat tariqasida “MYu”ga qarshi o‘yinda sobiq jamoadoshlariga bitta golni “sovg‘a qildi”.

>>“Mxitaryanga etadigani yo‘q-mi?” yoxud Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

12. Morgan Shnayderlin

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: 24 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 47

Bizning baho: 2-

Shnayderlin ham xuddi Xargrivz va Fletcher singari muntazam jarohatlar girdobida qolib ketdi va bu uning “mankunianlar” safidagi faoliyatiga salbiy ta’sir etmay qolmadi. Mourino esa frantsiyalik futbolchiga 6 oy imkon berdi va “Everton”ga sotib yubordi.

>>Qatar terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar

11. Memfis Depay

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: 25 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 53

Bizning baho: 2-

“MYu”ga keliboq 7-raqamni tanlagan Memfisga ushbu raqam “og‘irlik” qildimi, umuman o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta bilmadi va Mourino u bilan ham qishda xayrlashishga qaror qildi.

10. Bastian Shvaynshtayger

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: 6,5 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 35

Bizning baho: 2

Bastian “Yunayted”da hech nimaga erishmagan bo‘lsada, muxlislarning yoqimtoyiga aylana oldi va ularga ijobiy tarafdan energiya bera oldi. Umuman olganda, 2015 yilda jamoaga taklif etilgan barcha futbolchilar klubga qanchalik “foyda” berganini ko‘rishingiz mumkin.

9. Radamel Falkao

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: Bir yillik ijarasi uchun 6 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 29

Bizning baho: 2+

Falkao “MYu”ga og‘ir jarohatidan so‘ng keldi va “qizil iblislar” safida o‘zini ko‘rsata bilmadi. Uning “Yunayted”dagi faoliyatini ijobiy baholashimizga sabab bo‘lgan yagona jihat bu uni faqatgina ijara asosida to‘p surgani bo‘ldi.

8. Matteo Darmian

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: 12,7 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 57

Bizning baho: 3-

Darmian o‘zining “MYu”dagi dastlabki, 3 o‘yinini fantastik o‘tkazgan edi. Biroq uning jamoadagi faoliyatining davomi boshlanishi singari muvaffaqiyatli kechgani yo‘q.

7. Anxel Di Mariya

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: 59,7 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni:

Bizning baho: 3-

Di Mariyaning transferini eng yomonlar qatoriga qo‘shsak bo‘lar edi. Gap shundaki, Anxel murabbiyning “qurboni bo‘ldi”. Joze Mourino avvalroq “MYu”ga kelganida albatta, Di Mariyani jamoada olib qolgan bo‘lishini aytib o‘tgan edi.

6. Lyuk Shou

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: 30 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 43

Bizning baho: 3-

Anchagina katta summa evaziga “MYu”ga kelgan Shouga muntazam ravishda ortiqcha vazn va jarohatlar xalal berib kelmoqda. Jarohatidan endigina qutilgan Lyuk asta-sekin asosiy tarkibga kirib bormoqda.

5. Serxio Romero

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: Bepul

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 21

Bizning baho: 3

Romero “MYu”ga tekinga tushgan va u  jamoada ikkinchi raqamli darvozabon bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Ammo argentinalik posbon “Rostov”ga qarshi o‘yinda nimalarga qodir ekanligini namoyish eta oldi.

4. Markos Roxo

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: 16 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 89

Bizning baho: 3

Jorje Mendeshning taklifi bilan “MYu”ga kelib qolgan Roxo van Gaal davrida qanotda to‘p surdi. Mourino esa uni markaziy himoyada sinab ko‘rmoqda va bugungi kunda “mankunianlar”ning asosiy tarkib futbolchisi sanaladi.

3. Deyli Blind

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: 13,8 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 114

Bizning baho: 3

Van Gaal davrida asosiy tarkibda o‘ynab yurgan Blind, Mourino boshqaruvida boshlang‘ich tarkibga kirishi anchagina qiyin kechmoqda.

2. Antoni Marsyal

Jamoaga kelgan yili: 2015

Qanchaga kelgan: 36(+21,6) mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 78

Bizning baho: 4

Antoni “MYu”ga kelganida ko‘pchilik bunday futbolchi borligini bilmagan ham edi. Ammo dastlabki mavsumning o‘zidayoq Marsyal jamoa to‘purari bo‘la oldi. Biroq Joze Mourino uni hozirda ko‘proq zahiradan maydonga tushirmoqda.

1. Ander Errera

Jamoaga kelgan yili: 2014

Qanchaga kelgan: 30 mln funt

“MYu” uchun o‘tkazgan o‘yinlari soni: 110

Bizning baho: 5

Errera bugungi “MYu”ning ajralmas qisiga aylanib ulgurdi. Jumladan, ispaniyalik yarim himoyachi Maruan Fellaynini zahirga “mixlab” qo‘ya oldi va Pogba(ayrim hollarda Karrik yoki Fellayni)bilan birga markazda o‘ziga xos “devor” hosil qila oldi.

Tavsiya etamiz: 

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!