
Angliyada Husanovga qanday laqab berishdi va uni kimlarga tenglashtirishyapti?
“Manchester Siti” O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan kelishuvga erishgani va transferni 50 million evro evaziga amalga oshirishi ma’qul qilinganidan keyin Angliya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalar Xosep Gvardiolaning yangi shogirdi haqida turli ma’lumotlarni aniqlab, muxlislar e’tiboriga havola eta boshladi.
Xususan, mashhur nashrlardan biri The Sun o‘zining thesun.co.uk saytida Abduqodir Husanov haqida juda qiziqarli faktlarni keltirdi.
- Tanishing – “Manchester Siti”ga “Lans”dan o‘tgan, 33 million funt sterlingdan qimmatroq baholangan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov olimpiya chempionlaridek tez yugura oladi va jisomniy quvvati bo‘yicha haqiqiy “Tank”.
Premer liga chempionlari iste’dodli yosh o‘yinchini yanvar oyidayoq olish uchun 33,6 million funt sterling miqdorida xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Abduqodir Husanov qisqa muddatda Frantsiya chempionatining eng zo‘r himoyachilari safiga qo‘shila oldi.
O‘zbek futbolchisining uchrashuvlarda hozirgacha qayd etgan maksimal tezligi soatigi 37 kilometrni tashkil qiladi va u bu temp bo‘yicha ko‘pkarra jahon va olimpiada chempioni Useyn Boltning 100 metrga ko‘rsatgan umumiy tezligi bilan bellasha oladi.
Yamaykalik sprinter Useyn Bolt 2009 yili engil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida 100 metrga yugurishda o‘rtacha 37,58 kilometr tezlik ko‘rsatib, bu masofani 9,58 soniyada yugurib o‘tgan edi. Masofani bosib o‘tishda Bolt maksimal tezligini soatiga 43,99 kilometrga ko‘tara olgani uning jahon rekordini o‘rnatishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgacha Angliya Premer-ligasining 2023-3024 yilgi mavsumida bu tezlikni faqat bir futbolchi – “Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven qayd etgan. Himoyachi ikkita uchrashuvda soatigi 37,38 va 37,23 kilometr tezlikda yugurdi.
“Etixad” yangi yulduzi qanday o‘yinchi?
Birinchi navbatda, Pep Gvardiola haqiqiy himoyachiga ega bo‘ldi. 20 yoshli Abduqodir himoya chizig‘idagi vazifalariga ijodiy yondashib o‘ynaydi. Uning Frantsiya chempionatidagi himoyaviy xarakteristikasi 94 foizni tashkil qilmoqda.
Husanov jismonan baquvvat, sport tana tuzilishiga ega, kuchli va tezkor futbolchi, - deb yozmoqda thesun.co.uk saytali sport sharhlovchisi Joshua Jons.
“Manchester Siti”ning yangi futbolchisiga aylanayotgan Abduqodir Husanov futbolning dastlabki sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan.
Leginonerimiz professional faoliyatini 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshladi. Bu jamoada bir yil davomida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, to‘rttadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
2023 yilning 24 iyul kuni yosh himoyachi Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans”ga borib qo‘shildi. Lansliklar tarkibida Abduqodir hozirgacha 31 ta uchrashuvda ishtirok etdi va yaqinda birinchi assistini amalga oshirdi.
20 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 18 marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar
макола четдан угирлаб олинган, сарлавхани ишириб узгартириб берилган