“Arsenal” Shomurodovni unutgani yo‘q!

  • 27 sentabr, 2020, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Rossiya premer-ligasining 9-turida Tulaning “Arsenal” klubi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Rostov” jamoasini qabul qiladi.

Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” Evropa Ligasini ilk uchrashuvdayoq tark etganidan keyin, Valeriy Karpin shogirdlarining bor e’tiborini milliy chempionat o‘yinlari va Rossiya kubogi musobaqasiga qaratishdan boshqa yo‘li qolmadi. Shunday bo‘lsa-da, rostovliklar kelasi mavsum ham “ko‘hna qit’a” miqyosidagi turnirlardan biriga yo‘llanma olish uchun kurashadi. Chunki Evropa futboli havosidan bahramand bo‘lgan har qanday klub yana bu turnirlarni qo‘msayveradi. Qit’aning nufuzli musobaqalari moddiy tomondan ham, futbolchilarning g‘alabaga ishtiyoqini uyg‘otish va oshirish jihatidan ham har bir klub uchun o‘ta manfaatli va muhim omil hisoblanadi.

Snimok-pic905-895x505-89325

“Arsenal” keyingi yillarda Rossiya chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan biriga aylanib qolgan. Joriy chempionatda ham tulaliklar yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qila olmasligi tobora oydinlashib bormoqda. Lekin “Arsenal” o‘z maydonida o‘tkazilgan uchrashuvlarda musobaqa jadvalida o‘zidan ancha yuqorida turgan “Dinamo” va “Sochi”ni er tishlatdi. Muxlislari guvohligida “Axmat” va “Ximki”dan bittadan ochko oldi. Sakkiz ochko jamg‘argan bu jamoa hozircha 12-o‘rinda bormoqda.

“Rostov”ning milliy chempionatdagi ishlari mezbonlarnikidan yaxshiroq. Karpin shogirdlari “Tambov”, “Ufa”, “Ural”, “Rotor”ni engib, “Krasnodar” va “Lokomotiv” jamoalari bilan durang o‘ynadi. Biroq, mamlakat chempioni “Zenit” va yuqori o‘rinlarga da’vogarlik qilayotgan “Dinamo”ga rostovliklarning kuchi etmadi. Ayni paytda “Rostov” 14 ochko bilan ettinchi pog‘onadan joy olgan.  

“Arsenal” va “Rostov” Rossiya premer-ligasi doirasida jami 10 marotaba o‘zaro kuch sinashgan. Ustunlik rostovliklar tomonida. Shomurodovning jamoasi to‘rttadan g‘alaba va durang qayd etgan, ikkita uchrashuvda “Arsenal” o‘z nomiga yarasha natija ko‘rsatgan.

O‘tgan mavsumdagi “Rostov” tulaliklardan olti ochko olishga muvaffaq bo‘lgan. Ayniqsa, Tuladagi bahs keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tib, darvozalarga beshta to‘p kiritilgan. Tulaliklar 2:3 hisobida yakunlangan bellashuvda raqibning uchinchi golini Eldor Shomurodov urib, rostovliklarning g‘alabasini ta’minlab berganini hali unutgani yo‘q.

1593284166_rostov

Bugungi uchrashuv ham muxlisu mutaxassislar diqqat markazida. Qolaversa, biz uchun muhimi,  “Rostov”ning asosiy hujumchisi vazifasini bajarayotgan Eldor Shomurodov Evropa Ligasida “Makkabi Xayfa” darvozasini ishg‘ol qilib, 208 kun davom etgan golsiz seriyasiga barham berdi. Endi Eldorning muxlislari haqli ravishda undan o‘tgan yildagi kabi gollar shodasini kuta boshladi.

“Arsenal” – “Rostov” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Quruq seriyaga barham bergan gol Shomurodov uchun tarixiy bo‘ldi

“Real” yulduzi Shomurodov jamoasiga keladimi? (foto)

Shomurodov nega gol urolmayapti?

Rossiyalik mutaxassis Shomurodov qachon gol urishini aytdi

Shomurodov “tank"mi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Botirov Saidikrom
27/09/2020 09:44
Eldor omad!