
“Energetik-BGU” : Yaxshiboev gol urishda, jamoa g‘alaba qozonishda davom etmoqda (foto)
Belarus chempionatining 10-turini safarda o‘tkazib, “Isloch” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan “Energetik-BGU” o‘z ijtimoiy tarmoqlarida g‘alabaga bag‘ishlangan suratni namoyish qildi.
Klub rasmiy tvitteridagi suratda “Biz g‘alaba qozonishda davom etyapmiz”, deyiladi.
Darhaqiqat, “Energetik-BGU” 10 ta uchrashuvdan 7 tasida zafar quchdi. G‘alaba qozonilgan o‘yinlarning beshtasi Jasur Yaxshiboev raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. O‘zbek hujumchisi 7 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar