
Fanatlar bosimi boshlandi: Gvardiola, Husanovni o‘ynatasanmi?
Jahon futbolidagi eng qudratli klublardan hisoblangan “Manchester Siti”ning FIFA shafe’ligida yangicha formatda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini erta tark etgani sensatsiya sifatida qabul qilindi.
Musobaqaning guruh bosqichida ketma-ket uchta uchrashuvda zafar quchgan Xosep Gvardiola shogirdlari bosh sovringa asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilgandi. Lekin pley-offning birinchi uchrashuvidayoq Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “shaharliklar”ni chempionatdan chiqarib yubordi.
Ayni paytda ekspertlar “Manchester Siti”ning navbatdagi muvaffaqiyatsizligini tahil qilmoqda. Mutaxassislardan tashqari muxlislar ham Xosep Gvardiolaga o‘zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanovga etarli darajada o‘yin amaliyot bermayotgani uchun o‘z e’tirozlarini bildirishyapti.
Xususan, mancitynews.com sayti eksperti Devid Talli o‘z tahlilida mana shu masalalarni ko‘tardi va omma e’tiboriga olib chiqdi.
“Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov bosh murabbiy Xosep Gvardiola qaroriga ko‘ra, keyingi paytda maydonda deyarli ko‘rinmayapti. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruhida “Al-Ayn”ga qarshi uchrashuvda o‘ng qanotdan joy olgani o‘zbek futbolchisining martda Angliya kubogida “Bornmut”ga (2:1) qarshi bahsdan keyin bir necha oy davomida birinchi bor maydonga tushishi bo‘ldi.
Husanov zaxirada qoldirilgan “Al-Hilol” bilan bo‘lgan uchrashuvda “Siti” to‘rtta gol o‘tkazib yuborgani ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning Xosep Gvardiola nega Abduqodirni o‘ynatmayotgani haqidagi savollarni keltirib chiqardi, - deb yozmoqda Devid Talli.
Ushbu manba quyida fanatlarning ijtimoiy tarmoqlaridagi munosabatlari keltiriladi:
Reymi:
Husanov jamoa kelajagi. Diash va Akanjini yo‘qoting.
Noble De Great:
Agar maydonga tushganida Husanov o‘z pozitsiyada juda zo‘r o‘ynagan bo‘lardi. Bu borada garov o‘ynashim ham mumkin. Lekin Xosep Gvardiola uni o‘ynatarmikin?
Zina #MAN CITY:
Husanovga ko‘proq o‘yin vaqti berilishi kerak.
PhiStol:
Pep yangi mavsumda ham Abduqodirni o‘ynatmaydi, degan xavotirim bor.
Spinada:
Husanovning tezligi baland, Dias o‘rniga zo‘r nomzod.
SoMpilo Mahlangu:
Kelasi mavsumda Gvardiola yana Husanovni zaxiraga mixlab qo‘ymasa bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, Abduqodir Husanov 20 yanvar kuni “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan keyin ikki oydan ko‘proq vaqt mobaynida Angliya Premer-ligasi, mamlakat kubogi va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuv o‘tkazdi.
21 yoshli himoyachining bir necha bahslardagi harakatlari, xususan, “Tottenxem”, “Real”, “Nyukasl” va “Liverpul”ning mashhur hujumchilariga qarshi o‘yini ekspertlar tomonidan yuqori baholadi. Hatto o‘zbek legioneri “Manchester Siti”ning fevral oyidagi eng zo‘r futbolchisi sifatida e’tirof etildi.
Biroq Xosep Gvardiola aprel oyidan boshlab, Abduqodir Husanovni birorta uchrashuvda maydonga tushirmadi. Hamyurtimiz faqatgina “Al-Ayn”ga qarshi bahsda 61 daqiqa to‘p tepdi xolos. Shu bois, ayni paytda Husanovning Manchesterdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi.
Shomurodovning transferi qanchaga tushdi?
Shomurodov transferining so‘nggi shartlari ma’lum bo‘ldi
Gvardiola Husanovni o‘ynatmagani qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar