Fayzullaev, senga Evropadan aniq taklif bormi? Abbos javob berdi

  • 28 aprel, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi 26-turining eng keskin va murosasiz bellashuvlaridan biri “Spartak” va TsSKA o‘rtasidagi Moskva derbisida faol ishtirok etdi.   

Uchrashuvni safarda o‘tkazganiga qaramay, raqib ustida 2:1 hisobida zafar quchgan “armiyachilar” musobaqa jadvalida “Spartak”ni ortda qoldirib, uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ushbu bahsda ilk daqiqadan maydonga tushib, 72 daqiqa davomida o‘ynagan Abbosbek Fayzullaev turli manbalarning jurnalistlariga bilan suhbatda muxlislarni qiziqtirgan masalalarga oydinlik kiritdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga Abbosbek Fayzullaevning fikrlarini havola etadi.

Hakam bilan tortishish tabiiy hol (championat.com):

Tabiiyki, maydonda menda ham his-hayajon bo‘ladi. Ayniqsa, bunaqa derbilarda. Bu kabi murosasiz uchrashuvlarda hakam bilan tortishish normal holat hisoblanadi. Nafaqat men, hamma ham shunday qiladi.

Buni to‘g‘ri tushunish kerak, o‘yinda hissiyotlar juda kuchli bo‘ladi. Agar kimdir o‘zini noto‘g‘ri tutgan bo‘lsa, buni jazolash uchun hakamlar bor – o‘yinchi o‘z ulushini oladi.

Kelajakda TsSKAda qolishim haqida nima deyishim mumkin? Biz hali klub bilan hamkorlikni uzaytirish masalasini muhokama qilganimiz yo‘q.

Samaradorligimda o‘zgarish bor (rusfootball.info):

Mavsumning ikkinchi yarmida samaradorligim o‘zgardi. Hozir o‘ynayotgan  pozitsiyam men uchun yangi ekanini aytishim kerak. Bu joyda men orqaga ko‘p qaytishimga to‘g‘ri kelyapti. Shu tufayli yanada samarali o‘ynash unchalik o‘xshamay turibdi.

Eng muhimi, men jamoaga yordam berishni istayman. Bosh murabbiy mening joyim qaerda ekanini ko‘rsatar ekan, o‘sha erda o‘ynab, jamoaga yordam berishga harakat qilaveraman.

Marko Nikolich mening jismoniy holatimni yaxshi bladi. Qishki yig‘in davomida tekshiruvlar o‘tkazildi va eng yuqori natijalar mening ko‘rsatkichlarim bo‘ldi. Shu sabali murabbiy meni yangi pozitsiyaga qo‘ydi. Menga shu joyda qanday o‘ynashni o‘rgatyapti va men hammasini uddalashga harakat qilyapman.

Kelajagi haqida (matchtv.ru):

Menga aniq takliflar bormi? Qiziqishlar borligi haqidagi xabarlar doim bo‘ladi. Men ular haqida to‘liq bilmayman. Bor e’tiborimni o‘yinlarga qarataman. Agentlarim ham mavsum davomida boshqa jamoalar haqida gaplashmasligimizni yaxshi biladi.

Kelasi mavsum ham TsSKAda qolamanmi? Keyingi mavsum haqida hozirdan gapira olmayman. Chunki oldinda muhim bellashuvlar bor. Ularga puxta tayyorgarlik ko‘rishim kerak.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga 500 ming evro evaziga transfer qilingan. Shundan beri “armiyachilar” safida 65 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga sakkizta gol va 21 ta assist yozdirib qo‘ydi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz transferlarga ixtisoslashgan nufuzli manba –  transfermarkt.world portali ekspertlari tomonidan 8 million evroga baholanmoqda.

Fayzullaev TsSKAdan ketishi haqida gapirdi

“Qiyqiriq moda”da o‘ynagan Shomurodovning assisti qanday baholandi?

Husanovga qaysi jamoa mos: “Real”, “Atletiko” yoki “Yuve”?

Shomurodov “Inter”ga ziyon keltirgan!

Fayzullaev nega yaxshi o‘ynolmayapti?

TsSKA Fayzullaevga narx belgiladi! Transfer yaqinmi?

Shomurodov Dovbikni “sindirdi”!

Fayzullaev “yo‘qolib” qoldi!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!