Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi
“Paxtakor”ning 19 yoshli tarbiyalanuvchisi Abbosbek Fayzullaev Moskvaning TsSKA klubi asosiy tarkibiga yorib kirmoqda.
Premer-liga bellashuvlarida faqat zaxiradan maydonga tushayotgan hujumkor futbolchimiz Rossiya kubogi guruh bosqichida “Sochi”ga qarshi ikkita o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Raqib maydonidagi bahsda 69-daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, kuni kecha Moskva mezbonlik qilgan bahsda to‘liq harakat qildi va penaltilar seriyasida gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Futbol mutaxassislar TsSKAning “Sochi” bilan bo‘lgan o‘yinini tahlil qilyapti. Jamoaning sobiq o‘yinchisi Valeriy Masalitin bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Vladimir Fedotov tanlagan taktikani tanqid qildi va suhbat davomida yangi o‘yinchilar haqidagi fikrini ham bildirdi.
— TsSKAning o‘yiniga qanday baho berasiz?
— “Sochi”ga qarshi bahs Fedotovning navbatdagi eksperimenta bo‘ldi. U tarkibni o‘zgartirishni davom ettiryapti, o‘yindan esa hamon darak yo‘q. “Krilya Sovetov”ga qarshi avvalgi uchrashuvda jamoa qizil kartochkadan keyin jonlangandi. Bu gal ham ikkinchi bo‘limda o‘ynay boshladi. Orqa chiziqdagi muammolar bartaraf etilgani yo‘q, uchrashuv oxirida yutishlari ham, btqazishlari ham mumkin edi.
—Nega Fedotov etarli darajada o‘yinchilarga ega bo‘lmay turib, uch nafar himoyachi bilan o‘ynashda davom etmoqda?
— Biz bu sxemani Viktor Gancheronko davrida ham ko‘rganmiz. O‘shandayoq hamma bu sxema ishlamasligini ta’kidlagan. Chunki shu taktikaga har tomonla mos, hujumni boshlay oladigan va uni qo‘llab-quvvatlab turadigan himoyachilar kerak. Hozir bunaqa himoyachilar yo‘q. To‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynash vaqti kelganiga ancha bo‘lgan. Yoki Fedotov yaxshi ko‘rgan 5-4-1 taktik sxemasidan foydalansa bo‘ladi. Lekin u ishlamaydigan uslubni qo‘llashni davom ettiryapti.
Markaziy yarim himoyachi Maksim Muxinni qanday qilib himoyaga qo‘yish mumkin? Bu pozitsiyaga markaziy himoyachi Matvey Lukin borku. Nega har bir futbolchini o‘z pozitsiyasiga qo‘yishmaydi? To‘rt nafar himoyachi bilan o‘ynash mumkin edi, biroq Fedotov o‘zi tanlagan sxemani ishlayapti, deb o‘ylayapti. Aynan mana shu sxemaga moslab, xorijlik futbolchilarni sotib olyapti. Axir jamoada iste’dodli yoshlar borku. Ular o‘tgan mavsumda maydonga tushardi, hozir nega o‘ynamayotgani tushunarsiz.
— Yangi olingan futbolchilar o‘yini haqida nima deysiz?
— Abbosbek Fayzullaev individual harakatlari evaziga kuchli ekanini ko‘rsatdi. Asosan chap qanot hujumkor futbolchisi sifatida o‘ynayapti. Lekin u maydon markazida pleymeyker rolini bajarsa, yangi qirralari yanada ko‘p ochilyapti. Abbosbekning joyi aynan mana shu pozitsiyada.
Braziliyalik Kellven hozir yaxshimi, yomonmi o‘ynab turibdi. Ammo kelajakda nima bo‘lishi noma’lum.
Chililik hujumchi Viktor Davilaga kelsak, hali bu qanaqa o‘yinchi ekanini to‘liq tushunib etganim yo‘q. U hali o‘zini ko‘rsata olmayapti. Uni faqat bir taktik sxemaga moslab olib kelishgan, agar boshqa uslub qo‘llanilsa, umuman o‘yinga moslasha olmaydi.
TsSKA jamoasi Premer-ligadagi navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni safar “Rostov” futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar