Fayzullaevga klub aloqaga chiqdi

  • 6 fevral, 2024, 00:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi klublari mavsumning ikkinchi yarmiga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aksariyat jamoalar Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etilayotgan ko‘p bosqichli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashyapti.

Tecno

Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirtirilgan Abbosbek Fayzullaev va Rustam Ashurmatov mos ravishda TsSKA hamda “Rubin” klublarining yig‘inlarini o‘tkazib yubormoqda.

IMG_1185

Srechko Katanets shogirdlari musobaqani tark etganidan keyin legionerlar o‘z jamoalari bilan klubga qachon qaytish masalasini hal qilishi kerak.

TsSKA klubining kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Kirill Braydo “Sport Ekspress” nashriga Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha rejani oshkor qildi.

- Osiyo kubogida Abbosga muxlislik qildik, u bilan doimiy aloqani ushlab turdik. Fayzullaevning o‘zi ham qo‘ng‘iroq qilib, yozib turdi, jamoaning ishlari qanday ketayotgani bilan qiziqdi.

Terma jamoa musobaqadan chiqib ketgani alamli bo‘ldi, lekin turnirning o‘zi ajoyib o‘tdi.

Fayzullaevda hech qanday ta’til bo‘lgani yo‘q, turli uchishlar tufayli Abbos ikkinchi yig‘inning oxirida charchagan holda etib kelishi mumkin ekan. Shu bois murabbiylar shtabi unga bir necha kuch ta’til berishga qaror qildi. Keyin futbolchi bir necha kun yakka tartibda tarzda shug‘ullanadi.

Abbos 14 fevral – uchinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining birinchi kunidan jamoa bilan tez orada boshlanadigan mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘radi, - dedi Kirill Breydo.

TsSKA jamoasi qishki tanaffus paytida uchta yig‘in o‘tkazishni mo‘ljallagan. Ulardan birinchisi, 14-26 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda jamoa Turkiyada shug‘ullanmoqda. Ikkinchi bosqich 10 fevralgacha davom etadi.

Yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ham 14-25 fevral kunlari Turkiyada bo‘ladi.

Rustam Ashurmatovning jamoasi – “Rubin” ham mavsumning qolgan qismiga uch bosqichli yig‘inlar orqali puxta tayyorgarlik ko‘ryapti.

Qozonliklar tayyorgarlikning barcha bosqichlarini Turkiyaning issiq hududlarida o‘tkazadi. Hozir davom etayotgan ikkinchi yig‘in 9 fevral kuni yakunlanadi.

Rustam Ashurmatov dastlabki ikki yig‘inda qatnashmaydi. Biroq “Rubin”dagi yana bir legionerimiz Umarali Rahmonaliev jamoa bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Rubin” oxirgi mashg‘ulotlarni 13-23 fevralga belgilagan. Osiyo kubogida yaxshi qatnashgan Rustam Ashurmatov aynan ana shu yig‘inga borishi kutilmoqda.

IMG_1947

Bundan tashqari, 26 yoshli tajribali himoyachiga Ozarbayjonning “Neftchi” jamoasidan jiddiy qiziqish bo‘lganini ham eslatib o‘tish lozim.

TsSKA Fayzullaev uchun “dahshatli” summa so‘raydi!

Portugaliyalik mashhur agent Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyatini qanday baholadi?

Xorijlik ekspert ispanlarga Fayzullaev haqida ma’lumot berdi

Raneri Shomurodov qachon maydonga qaytishini aytdi

Bizga Fayzullaevning gollarini ko‘rsatishyapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!