Fayzullaevga yangi vazifa yuklandi yoxud bosh murabbiy Abbos haqida nimalar dedi?
Rossiya Premer-ligasining o‘ninchi turiga kelib, TsSKA futbolchilari beshta o‘yin davom etgan g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Moskvalik “armiyachi”dar o‘z maydonida autsayder jamoalaridan biri “Baltika”ni qabul qilgan bo‘lsa-da, raqibdan jiddiy qarshilikka uchradi.
Uch ochkoli bahsni to‘liq maydonda o‘tkazgan legionerimiz Abbosbek Fayzullaev bu gal ham juda faol o‘yin ko‘rsatib, muxlisu mutaxassislar olqishiga sazovor bo‘ldi.
TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fetodov jurnalistlar bilan suhbatda o‘zbek futbolchisi haqidagi savollarga ham javob berdi.
— Uzoq kutilgan g‘alaba. Himoyada ishonchli o‘ynadik. Birinchi bo‘limda sovuqqonlik etishmagan bo‘lishi mumkin. Aniqroq o‘ynash mumkin bo‘lgan holatlar ham kuzatildi. Raqibni ham olqishlash kerak. Bu jamoa Premer-ligaga moslashib oldi. “Baltika”da shijoat bor, pressing uyushtiradi, oldinga intiladi, yaxshi himoyalanadi.
— Nega Zabolotniy o‘yinga ancha kech tushirildi?
— Antonga so‘nggi uchrashuvlarda bosim katta bo‘ldi. Har bir odam ozgina hordiq chiqarishi kerak. Biz uni ehtiyot qilishga va vaziyatga qarab ish ko‘rishga harakat qildik. Anton har qanday vaqtda ham maydonga tushishi mumkin edi.
— Fayzullaev o‘yindan o‘yinga faolroq o‘ynayapti, bu gal uzoq masofalardan zarba bera boshladi...
— Bu yomon emas, albatta. Lekin masofani his qilish kerak. Abbos to‘pni uzatishga harakai qilgan vaziyatlar bo‘ldi, biroq bir soniya shoshilgani uchun to‘p etib bormadi. Uzoqdan zarba bergan bir vaziyatda Fyodor Chalov ochilgan edi, to‘pni unga etkazib berganida hujumchi bunday holatda nima qilishni yaxshi bilardi.
Fayzullaevni zarba berishga ixtisoslashtiryapmiz. Lekin zarbalar gol ursa bo‘ladigan masofadan yo‘llanishi kerak.
— Davila va Fayzullaev qanotlarni ko‘p almashtirdi. Bu sizing ko‘rsatmangizmi?
— Uchrashuv davomida bo‘sh hudud ochilsa, ikkalasi markazga qarab intildi, to‘pni olishga harakat qildi. Hujum tashkil qilishda ham shunday bo‘ldi. Pozitsiyalarni almashtirib o‘ynash, hozir normal holat hisoblanadi.
TsSKA qiyin g‘alabadan keyin ochkolari sonini 16 taga etkazib oldi. Navbatdagi turda “armiyachilar” yuqori o‘rinlar uchun kurashdagi asosiy raqiblardan biri – “Spartak” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Raneri Shomurodov haqida hech kim kutmagan gap aytdi
Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...
Legionerimiz qahramonlar qatorida
Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...
Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?
Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?
Fikrlar