Gvardiola Abduqodirning qaysi kuchli tomonlarini sanab o‘tdi?

  • 25 yanvar, 17:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasidagi ilk o‘zbek futbolchisi sifatida nomini tarixga yozib bo‘ldi. 20 yoshli himoyachining “Manchester Siti”ga o‘tishi o‘zbek futbolidagi eng katta voqealardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

“Manchester Siti”ga biror yangi futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning roziligisiz olinmaydi. Ispaniyalik mutaxassis esa, o‘yinchi olishda tavakkal qilmaydi, nomzodning salohiyatini tahlil qilganidan keyingina jamoasiga qo‘shadi.

Angliya chempionlari – “Manchester Siti”ning rasmiy  mancity.com saytida jurnalist Jek Mamford Xosep Gvardiolaning Abduqodir Husanov haqidagi fikrlari keltirilgan maqolani e’lon qildi.

Sports.uz portali tahririyati ijodkorlari ispaniyalik murabbiyning legionerimiz haqidagi qarashlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

- Qishki  transferlar oynasi davrida “Manchester Siti”ga “Lans” himoyachisi Abduqodir Husanov, uning “Palmeyras”dagi hamkasbi Vitor Reys va “Ayntraxt” hujumchisi Umar Marmush ko‘chib o‘tdi.

Xosep Gvardiola bu transferlarga izoh berar ekan, Abduqodir Husanov anchadan beri klub kuzatuvida bo‘lganini ta’kidladi. Bosh murabbiy klubning sport direktori Chiki Begiristayn bu futbolchini olishni ilk bor o‘tgan yozda taklif qilganini aytdi.

Gvardiolaning o‘zi ham jamoa himoya chizig‘i vakillarining jarohatlari va muammolari bu transferni qishda amalga oshirishni taqozo etganini tan oldi, - deb yozdi Jek Mamford.

Jurnalistga ko‘ra, Xosep Gvardiola Husanovning salohiyatiga yuqori baho berar ekan shunday degan:

Biz Chiki va uning xodimlari bilan mavsum boshidan beri uchrashib, barcha pozitsiyalarga yangi o‘yinchilarni olish masalasini muhokama qilib kelamiz. Ular doim Husanov haqida gapirardi. Jon Stounz, Natan Ake, Ruben Dias va Manuel Akanji bilan yuzaga kelgan vaziyat bizni transfer bozoriga kirishga majbur qildi.

Mutaxassislar Abduqodir Husanov keyingi bir necha yil davomida jamoada o‘ynaydigan istiqbolli futbolchi ekanini ta’kidlamoqda. Darhaqiqat, biz yangi ijrochilarni bir yilga olmaymiz. Ular bu erda uzoq qoladi.

Abduqodir Husanovda bizga etishmayotgan noyob sifatlar bor, shuning uchun ham aynan uni tanladik. Men uning jamoaga yordam bera olishiga aminman.

Husanov yosh va hali ko‘p narsani o‘rganadi. Lekin haqiqiy saboqni yozda, mavsumlar oralig‘idagi tayyorgarlik jarayonida boshlaymiz.

Abduqodir biz uchun o‘ta muhim o‘yinchi. U himoya markazida, o‘ng qanotda, uch himoyachi va to‘rt himoyachili taktikada o‘ynay oladi. Turli pozitsiyalarda ishonchli harakat qiladi.

Husanov to‘pni nazorat qila oladigan janovar va baquvvat o‘yinchi. Uning yana bir o‘ziga xos jihati tezligidir”.

Jek Mamfordning ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola shogirdlarining himoyalanish, tezkorlik va to‘pni egallab turishda muammolar borligini e’tirof etib, Abduqodir Husanov raqibning qarshi hujumlarini qaytarishda, jamoaning  to‘pni o‘zida ushlab, nazorat qilib turishda, raqibning xavfli hujumchilarini to‘xtatib qolishda samarali o‘ynashiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 4,5 yillik shartnoma tuzgan. Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirishi mumkin. O‘zbek futbolchisi Angliya chempionlari safida 45-raqamda to‘p tepadi.

“Liverpul” afsonasi Husanov transferiga qanday baho berdi?

Shomurodov yakshanba kuni boshqa klubga o‘tishi kutilmoqda. Jamoa nomi ma’lum!

Husanovning transferi o‘zbek futbolchilari uchun Evropaga yo‘l ochadimi?

Gvardiola Husanovga eng katta talabni qo‘ydi! Uni tez bajarish kerak...

Husanovni nega ikki baravar ko‘p pul berib bo‘lsa ham olib kelmading!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!