Gvardiola Husanovning raqobatchisini ustun qo‘ya boshladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov klublar miqyosida “Manchester Siti” sharafini himoya qilayotgani bois, sports.uz portali ushbu klubga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga havola qiladi.
“Manchester Siti”da yuz bergan avlodlar almashinuvidan keyin jamoaning o‘ng qanot himoyasi eng nozik nuqta sifatida ko‘rsatilayotgan edi. Bu pozitsiyada o‘ynab kelgan Kayl Uoker yil boshida jamoani tark etganidan keyin uning o‘rnini Riko Lyuis va Mateush nunesh egallashga harakat qildi.
Joriy mavsum boshida bu ikki o‘ng qanot himoyachisining xatolari tufayli “Manchester Siti” qimmatli ochkolarni yo‘qotganidan keyin Xosep Gvardiola himoyaning o‘ng qanotini asli markaziy himoyasi bo‘lgan Abduqodir Husanovga topshirdi.
21 yoshli o‘zbek futbolchisi bu pozitsiyani Nunesh va Lyuisdan tom ma’noda tortib oldi. Ekspertlar himoyalanishdagi ko‘plab xususiyatlar bo‘yicha Husanov raqobatchilaridan ancha ustun ekanini e’tirof etishdi.
Biroq Husanovning jarohat olib bir oydan ortiq vaqt davomida safdan chiqqanidan Mateush Nunesh unumli foydalanib qoldi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham bunga alohida e’tibor qaratdi.
- Mateush Nunesh ajoyib o‘ng qanot himoyachisi bo‘la olishini ko‘rsatdi. Aslida portugaliyalik futbolchi juda zo‘r jismoniy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tayanch yarim himoyachi hisoblanadi. Endi u eng zo‘r qanot himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin. Hammasi uning o‘ziga bog‘liq. Biz bu haqda u bilan juda ko‘p gaplashyapmiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Joriy mavsumda Mateush Nunesh barcha turnirlarda to‘qqiz marta maydonga tushib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘yishni ham uddaladi.
Xolandning shaxsiy hayotiga aralashmayman!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda jamoa to‘purari Erling Xolandning YouTube-kanal ochgani haqidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.
- Xolandning kanalini kuzatib boryapmanmi? Yo‘q. Men klubni hurmat qilaman. Shaxsiy hayotga aralashmayman. Hamma istaganini qilishi mumkin. Eng asosiysi – klubni hurmat qilish. Qolgan masalalarda futbolchilarning ixtiyori o‘zida, - dedi Xosep Gvardiola.
Erling Xoland Xosep Gvardiola qo‘l ostida jahonning eng zo‘r to‘purarlari qatoriga qo‘shildi. 25 yoshli forvard “Manchester Siti” va Norvegiya milliy terma jamoasi safida oxirg 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi.
Xoland Angliya Premer-ligasiga kelgunga qadar Norvegiya, Avstriya va Germaniya chempionatlari ishtirok etib, bu ligalarda ham muntazam to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan.
Gvardiola futbolda “yangi qurol” qo‘llaydigan bo‘ldi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi paytda zamonaviy futbolda natijaga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yangi usul paydo bo‘lganini aytib, undan “yangi qurol” sifatida foydalanmoqchi ekanini e’tirof etdi.
Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishda to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yoki bevosita darvoza atrofiga tashlab berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
- Yon chiziqdan to‘pni uzoq masofaga tashlab berishning ahamiyati oshyapti. Biz ham qo‘lida kuchi bor, ko‘ng elkali, to‘pni uzoqqa – jarima maydonchasi ichiga otib beradigan o‘yinchi olishimizga to‘g‘ri keladi.
Hozir buni eplaydigan o‘yinchimiz yo‘q. Ilgari Kayl Uoker bor edi, lekin uning bu mahoratini foydalanmas edik.
Bu tendentsiya ko‘p klularda bor. Bu xuddi burchak zarbasidek gap, uni bartaraf etish oson emas. Ayni paytda “Brentford”, “Tottenxem” va “Arsenal” shunday o‘ynayapti. Bu menga yoqish-yoqmasligi muhim emas. Bu yangi “qurol” va biz bunga ko‘nikishimiz kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya qildi?
Silva “Manchester Siti”ning eng ishonchli himoyachisi kimligini aytdi
Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!
Jarohati jiddiy emasligi aytilgan Husanov nega o‘ynamayapti?
Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?



Fikrlar