Husanov haqidagi xushxabarga qanday reaktsiya bo‘ldi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir oydan ortiq mobaynida jarohatini davolatayotgan Abduqodir Husanov tez orada safga qaytishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, 21 yoshli futbolchi uchrashuvlarda qatnashish darajasidagi tayyorgarlikka ega bo‘lishi uchun unga biroz vaqt kerak bo‘lishi ham aytildi.
Aslida Abduqodir 21 sentyabr kuni “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda oyog‘idan shikastlanganidan keyin uchta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aytilgan edi. Biroq jarohat kutilmaganda og‘irroq va xavfliroq bo‘lib chiqdi.
Xosep Gvardioladan Husanovni tez orada safga qaytishi haqidagi xushxabarni eshitgan “Manchester Siti”ning dunyo bo‘ylab yoyilgan fanatlari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamani qizdiryapti. Sports.uz portali muxlislarning Abduqodir haqidagi fikrlarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Philip Mutua:
Tezroq tuzal, Abduqodir!
Ayomide Samson:
Husanov o‘z ishini 100 foiz to‘liq bajaradi. Har qanday sinovga tayyor.
M'arcel Aigle Efandjo:
Husanov himoyachilar etakchisi.
Wizzy Blink:
Husanov tiklanayotgan jarayonda MAhark Gui, Maykl Olise va Denzel Dyumfris bilan muzokara qilinglar.
Victor Chibueze:
Husanovning yo‘qligi baribir bilindi.
Samuel Mereny:
Do‘stim, tezroq tuzal.
Donassigue Arouna Soro:
Tez orada qaytishini kutyapmiz.
Jr Francis:
Husanovni kutyapman.
Spen Ser:
Abduqodir sen jangchisan, maydonga tezroq qayt.
Laura Jeanne:
Jarohat xavfli joyda ekan, Gvardiola tez orada qaytadi degandi...
Loise Jontyez:
Abduqodirga mustahkam salomatlik tilayman.
Greatness Lorhd:
Husanov haqida xushxabar ham bor ekan-ku.
Silva “Manchester Siti”ning eng ishonchli himoyachisi kimligini aytdi
Husanov haqida so‘nggi ma’lumot!
Jarohati jiddiy emasligi aytilgan Husanov nega o‘ynamayapti?
Kannavaro O‘zbekiston termasini boshqarayotganiga e’tiroz bo‘ldi! Fanatlar boshqa fikrda
Mbappe Shomurodovning o‘yinlarini kuzatyaptimi?



Fikrlar