Legionerimiz premer-ligada eng zo‘rlar qatorida!

  • 20 iyul, 2022, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasining 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchilarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada “Pari Nijniy Novgorod” jamoasida o‘ynab kelayotgan legionerimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham ovoz oldi.

Tecno

Rossiyaning https://www.championat.com sayti tomonidan tashkil etilgan ushbu so‘rovnomada premer-ligada ishtirok etgan va 21 yoshgcha bo‘lgan jami 50 nafar futbolchining nomi ko‘rsatildi. Premer-liga jamoalari bosh murabbiylari va sardorlari o‘zlari eng yaxshi, deb bilgan yosh futbolchilarni beshtadan o‘ringa joylab chiqdi.

So‘rovnomada qatnashgan “Pari Nijniy Novgorod” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleksandr Kerjakov o‘zi ovoz bergan futbolchilar beshligiga qo‘l ostida o‘ynagan Ibrohimxalil Yo‘ldoshevni ham qo‘shdi.

1783136871_588_0_2635_2047_1280x0_80_0_0_bca93787ac7c5b454d2526ce007851d0

Umuman olganda rossiyalik murabbiy eng yaxshi yosh o‘yinchilar beshligini quyidagicha belgiladi:

  1. Gamid Agalarov (“Ufa”);
  2. Nikita Krivtsov (“Krasnodar”);
  3. Arsen Zaxaryan (“Dinamo”);
  4. Ruslan Litvinov (“Spartak”);
  5. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (“Pari Nijniy Novgorod”).

21 yoshli Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Sherlar” tarkibidan tashqari “Bunyodkor” klubida ham to‘p tepgan.

Yo‘ldoshevning asosiy ampluasi chap qanot himoyachisi hisoblanadi. Iste’doli futbolchi qarama-qarshi tomon himoyachi va chap qanot yarim himoyachisida ham o‘ynay oladi.

Nijniy Novgorod shahri jamoasi yosh futbolchimizni bir yil muqaddam “Paxtakor”dan 250 ming evro evaziga transfer qilgan. Ibrohimxalil legioner sifatidagi debyut mavsumida rossiyalik muxlislar va mutaxassislarda juda yaxshi taassurot qoldi.

Yo‘ldoshev premer-liga va Rossiya kubogida jami 21 ta uchrashuvda qatnashib, o‘zining mudofaa chizig‘idagi  vazifasini mahorat bilan uddalashdan tashqari, raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga bir juft golli pas ham uzatdi.

Kelajagi porloq, deb e’tirof etilayotgan futbolchimizning Rossiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Yo‘ldoshevning muvaffaqiyatli o‘yini ortidan uning transfer summasi ham muntazam ko‘tarilib bormoqda.

Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world  saytida qayd etilishicha, hamyurtimizning transfer narxi 900 ming evroga etgan.

5aa53ac32838ad364fa85623f0cdeb84

Ibrohimxalil 2020 yilning 3 sentyabridan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasi safida shu paytga qadar 13 marta maydonga tushdi. Yosh himoyachimiz Malayziya futbolchilariga qarshi uchrashuvda to‘p kiritib, terma jamoamizdagi golli hisobini ochdi.

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

Umarovning qadriga etmagan BATE ketma-ket qoqilmoqda!

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!