Legionerimizning goli jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi, o‘zi esa...

  • 29 sentabr, 2023, 20:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasi qizg‘in pallaga kirdi. O‘zbekistonlik muxlislar qo‘shni mamlakat chempionatida “Ordabasi”ga muxlislik qilyapti. Chunki chimkentliklar tarkibida ikki futbolchimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abuxoliqov to‘p tepyapti.

Tecno

“Ordabasi” musobaqa jadvalida qolgan jamoalardan ancha ilgarilab ketgani bois, aksariyat muxlisu mutaxassislar chimkentliklarni muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritishini kutgan edi.

64565cd3cee95

Biroq, chimkentliklar oxirgi uchta o‘yinda ochko yo‘qotdi. Alamlisi, ketma-ket eng yaqin ta’qibchilari – “Aktobe” va “Astana”ga bir xil – 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Buning oqibatida, chempionlik uchun kurash so‘nggi turgacha davom etadigan bo‘ldi.

Musobaqa jadvalidagi holatdan kelib chiqib, “Ordabasi”ning 18-turning qoldirilgan o‘yinida “Maktaaral”ga qarshi bellashuvi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Raqib quyi pog‘onalarda borayotganiga qaramay, chimkentliklarga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.

“Ordabasi” bir soat davomida mehmonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Biroq o‘zbek legioneri Bobur Abduxoliqov katta sahnaga chiqdi. To‘pni qabul qilib olgan hujumchi jarima maydonchasiga kirmay, aniq zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

Abduxoliqovning goli jamoasiga  uch ochko keltirdi va chempionat yakunlanishiga uchta o‘yin qolgan pallada “Ordabasi” eng yaqin ta’qibchisi “Astana”ni uch ochkoga ortda qoldirmoqda.

Qozog‘istonning nufuzli nashrlaridan biri – Sports.kz portali 18-turning qoldirilgan o‘yini natijalarini hisobga olib, Bobur Abduxoliqovni tur terma jamoasiga kiritdi.

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi.

6514fb2d34c77

Bobur Abduxoliqov yil boshidan beri “Ordabasi” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Shahboz Umarov bu jamoaga Boburdan yarim yil oldin kelgan.

Har ikki legionerimiz jamoaning etakchi o‘yinchilaridan hisoblanadi. Abduxoliqov 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol  qilgan.

Shahboz Umarov yigirmata bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.

“Ordabasi” futbolchilari chempionatining oxirgi uchta o‘yinida “Jetisu”, “Shaxtyor” hamda “Kaspiy” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Raneri gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?

Abbosbek Fayzullaev Ispaniyaga yo‘l olishi kerak...

Fayzullaev Evropaga ketmoqchi edi...

Fayzullaev qaerda o‘ynashi kerakligini aytishdi

Shomurodovdan gol urishni talab qilishyapti!

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!