
Baribir Shomurodov zo‘r ekan! Legionerimizning o‘yini qanday baholandi?
Eldor Shomurodov “Roma”ning joriy mavsumda “Olimpiko”dagi so‘nggi goli muallifi bo‘ldi. “Venetsiya” darvozasidan joy olgan zarba birinchi navbatda rimlik “bo‘rilar”ni sharmandali mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Shuningdek, Joze Mourino shogirdlari o‘zbek hujumchisining aniq zarbasidan keyin chempionatni beshinchi yoki oltinchi o‘rinda yakunlab, kelasi mavsum Evropa Ligasida qatnashish imkoniyatini saqlab qoldi.
Italiya futbolini yorituvchi www.calciomercato.com sayti mutaxassislari uchrashuvda qatnashgan “Roma” o‘yinchilarning harakatlarini baholab chiqdi. Eng yuqori ballardan biri yarim soat o‘ynagan Shomurodovga tegishli bo‘lgani tabiiy.
Rui Patrisio 6 ball:
Golda uning aybi yo‘q. Kutilmagan zarba edi va qaytarish imkonsiz bo‘ldi. Keyin bir vaziyatda jamoasini qutqardi. Unga ish u qadar ko‘p bo‘lgani yo‘q.
Marash Kumbulla 5,5 ball:
Gol kiritilgan vaziyatda u ham g‘aflatda qoldi. Keyin o‘zini o‘nglab olib, hujumlarga qo‘lishga ham harakat qildi.
Stefan El-Shaaravi 6 ball:
Kumbullaning o‘rniga tushgan “Fir’avn” yaxshi o‘ynadi, lekin hal qiluvchi pallada unga aniqlik etishmayapti.
Kris Smolling 6,5 ball:
Smolling himoyachilar orasida har bir to‘p uchun kurashishi bilan ajralib turdi. Angliyalik futbolchi jamoadoshlarining xatosini ham to‘g‘riladi.
Rojer Ibanes 4,5 ball:
45 soniyada gol urgan raqib futbolchisi Okereke kelganini bilmay qoldi. Xatodan keyin ham o‘zini o‘nglab ololmadi. Fonseka davridagi Ibanesni esga soldi.
Eynsli Meytlend-Nayls 5 ball:
Angliyalik yarim himoyachi kuchli zarbasini raqib posboni oyog‘i bilan qaytargan bittagina vaziyatda ko‘zga tashlandi xolos.
Rik Karsdorp 5,5 ball:
Eynsli o‘rniga tushib, undan yaxshiroq o‘ynadi. Biroq angliyalik o‘yinchidan ko‘proq xato ham qildi.
Jordan Veretu 4,5 ball:
Frantsiyalik legioner juda ko‘p pozitsion xatolarga yo‘l qo‘ydi. “Olimpiko”ni ancha xavotirga soldi. Harakatlari ishonchli chiqmadi.
Eldor Shomurodov 6,5 ball:
Veretuning o‘rniga tushganidan keyin ham ko‘zga tashlanmay yurdi. Yuzaga kelgan vaziyatdan chiroyli foydalandi. Juda qiyin gol va jamoasiga bir ochko keltirdi. Eldorning harakatlari g‘alaba uchun kamlik qildi.
Brayan Kristante 6 ball:
Raqib futbolchisi Mattia Aramuning bir necha marta uni aldab o‘tishiga qarshilik qilolmadi. Lekin Veretudan farqli raqishda ancha aniq o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirdi.
Leonardo Spinatstsola 6 ball:
Leonardo 380 kunlik ayriliqdan keyin maydonga qaytib, o‘zini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Mahorati bor, lekin sport formasini ham shunga yarasha tiklab olishi kerak.
Nikola Zalevski 6.5 ball:
Raqibning qarshi hujumlarini qaytardi va rimliklar hujumini tashkil qilishda faol bo‘ldi.
Karles Peres 6 ball:
Ba’zan shoshib qolgani pand beryapti. Harakati yaxshi.
Lorentso Pellegrini 6.5 ball:
Juda faol o‘ynadi. O‘yin oxirida jamoasini goldan qutqarib qoldi.
Temmi Abraxam 5 ball:
O‘zi gol urmoqchi bo‘lib, xavfli vaziyatlarni barbod qildi. Pellegriniga qulay to‘p oshirish imkoniyati borligida pas bermadi.
Joze Mourino 5,5 ball:
“Roma”ning xayoli Tiranadagi uchrashuvda. Ba’zi o‘yinchilar jismonan toliqqaniga e’tibor qaratmayapti. Bu o‘yinda Mourinodan omad ochiqcha yuz o‘girdi.
Shomurodov Mourinoni sharmandalikdan qutqarganidan keyin Joze nimalar dedi?
Shomurodov “Venetsiya”ni quyi ligaga jo‘natvordi!
Legionerimiz o‘ziga Evropaning kuchli ligalariga yo‘l ochmoqda!
Shomurodov va Peres o‘rniga “Roma” ikkita zo‘r hujumchi olyapti!
Mourino kelishilgan o‘yinlarga ko‘nmadi
“Roma”ning po‘stagini qoqamiz!
Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!
Fikrlar