O‘runov TsSKAda o‘ynab ketardi, hozir boshqa futbolchimiz “Spartak”da o‘ynashga qodir!

  • 21 noyabr, 2022, 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbolida to‘purarlik mahorati bilan ajralib turgan Ja’far Irismetov aynan kuchga to‘lgan paytida Rossiyaga yo‘l olgan edi. Rossiyalik jurnalistlar “Spartak”da o‘ynagan legionerimizdan intervyu olishni xush ko‘radi.

Tecno

Yaqinda https://rsport.ria.ru sayti jurnalisti Aleksandr Sergeev Ja’far Irismetov bilan suhbatlashdi. Futbol mutaxassisi suhbat davomida o‘zi kabi “Spartak”da omadini sinab ko‘rgan Oston O‘runov va Rossiya premer-ligasida o‘ynay oladigan futbolchilarimiz haqida ham gapirdi.

- Yurtdoshingiz Oston O‘runov ma’lum muddat “Spartak”da o‘ynadi. Nega uning karerasi o‘xshamadi?

- Bunga “Spartak”ning o‘yin uslubi sabab, deb o‘ylayman. Agar Oston TsMKAga o‘tganida bu jamoada o‘ynab ketardi. Har qanday futbolchi “Spartak”da o‘ynashni istaydi, lekin ba’zan sabr qilish ham kerak. O‘runov “Ufa”da ko‘proq o‘ynab, yaxshilab shakllanib olishi mumkin edi. Keyin “Spartak”ga asosiy tarkib o‘yinchisi sifatida o‘tsa, to‘g‘ri bo‘lardi.

oston-urunov-zabil-pervyj-gol-za-spartak_1600280291389713168_3

- Uni pul harob qildimi?

- Pullar ta’sir qilgan, deb o‘ylamayman. Ha uning Louis Vuitton mahsulotlari bilan tushgan rasmini men ham ko‘rdim. Lekin asl sabab “Spartak”ning o‘yin uslubida.

- O‘runov yaqinda “Ural” bilan shartnomani bekor qildi. Uni O‘zbekistonga qaytishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Bu Ostonning foydasiga ishlaydimi?

- “Ural”da bosh murabbiy bilan kelishmovchilik bo‘lgan. Balki, o‘yin amaliyoti kamligi uchun janjallashgandir. O‘runovning fe’li og‘ir, shu bois qiynalib yuradi. O‘zbekistonga qaytadi, deb o‘ylamayman. Har holda Osiyoning boshqa mamlakatlarida faoliyatini davom ettirsa kerak.

- O‘runov O‘zbekistonda yulduzmi?

- Biron nima deya olmayman. U yaxshi futbolchi, lekin mavqeiga putur etdi.

- Rossiya premer-ligasida to‘p tepgan Shomurodov, Erkinov va Yo‘ldoshev haqida nima deya olasiz? 

- Shomurodov – superyulduz. Hamma Eldor haqida yozadi. “Roma” muntazam o‘ynamayotganiga qaramay, hozir eng ko‘p muhokama qilinayotgan futbolchi.

Erkinov va Yo‘ldoshevning har ikkisi ham istiqbolli futbolchilardan hisoblanadi.

- Ular Shomurodov ortidan Evropaga bora oladimi?

- Juda qiyin bo‘ladi. Lekin Rossiya ham Evropa-ku.

- Karpin Shomurodovning o‘sishiga katta yordam bergan. Valeriy Georgievichga O‘zbekistonda munosabat qanday?

- Karpinni tanishadi, lekin uning xizmatlarini hech kim gapirmaydi.

large_2

- Yo‘ldoshevga “Spartak” qiziqayotgani haqida yozishgandi.

- Bularning bari mish-mish, lekin Yo‘ldoshev “Spartak”da o‘ynay oladi. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari yuqori, zo‘r pasi bor, juda iqtidorli yigit.

Karpin “Roma”da o‘ynay olmayotgan Shomurodovga yana qimmatli maslahat berdi, zora hammasi o‘zgarsa!

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Italiya klubi Shomurodovga joy berish uchun taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi

Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
20/11/2022 21:41
"Спартак"(Москва)га бошқа ўйинчи сотмаслик керак(Остонни "нарочно" синдиргани учун). Биронта ўйинчимизга талабгор бўлиб келишса, осмондаги нархни айтиш керак, қайтиб кетишади. Ўзбекистондан зўр ўйинчиларни арзонга олиб, ёмон ўрганишди. Ўйинчиларимиз Россиясиз ҳам Европага чиқа олишади. Ростовга $ 8 000 000 фойда келтиргани учун, Бутун Россия Элдордан миннатдор бўлиши керак. Элдор улардан эмас.