Shomurodov transferini muhokama qila boshlashdi!

  • 16.07.2021 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

Yaqinda Eldor Shomurodov o‘ziga boshqa klublardan chorlov bo‘layotgani to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, “Yuventus” tomonidan qiziqish bo‘layotganidan mamnunligini va bu kelajakda uning faoliyatidagi muhim qadam bo‘lishini aytgan edi.

Italiya matbuotida e’lon qilingan ushbu maqoladan so‘ng, “Yuventus” va “Jenoa”ga tarafdorlik qiladigan muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda Eldor Shomurodov haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildira boshladi.

180593856_4530722680271950_3245028747742442143_n

Sports.uz  sayti e’tiboringizga muxlislar munosabatini havola etadi.

Roberto Monanni:

“El Uzbeko”ning “Yuventus”dagi o‘yinini ko‘rishni istayman. Meni Shomurodovning  UEFA Chempionlar ligasida qanday o‘ynashi juda qiziqtirib qo‘ydi. Menimcha, “Yuventus”ga o‘tish Eldor uchun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ladi.

Alberto Carpe:

Menimcha, Eldorning “Jenoa” bilan shartnomasi bo‘la turib, boshqa jamoalar haqida gapirishi to‘g‘ri emas. Avvalo, Genuya klubida o‘ziga bildirilgan ishonchni va transfer summasini to‘liq oqlasin, keyin “Yuventus” haqida orzu qilsa bo‘ladi.

Matteo Di Febo: (Alberto Carpe fikriga javoban)

Agar Shomurodov “Yuventus”ga o‘tsa, bu katta mablag‘ evaziga amalga oshiriladi. Shunday ekan, u o‘ziga sarflangan pulni ortig‘i bilan qaytargan bo‘ladi. Klub transferga qilgan xarajatidan tashqari yaxshiga foyda ham oladi!

Giulio Solari (Alberto Carpe fikriga javoban)

O‘zbek futbolchisining gapida hech qanday muammo ko‘rganim yo‘q. “Yuventus” Evropaning etakchi jamoalaridan ekanini tushunish kerak. Agar Shomurodov Turin klubiga o‘tishni istamayman, deganida bizga yolg‘on gapirgan bo‘lardi. Eldorning “Yuventus”ning unga qiziqayotgani yoqishini tan olgani turinlik muxlislarga ham yoqimli holat aslida.

186423675_4571030269574524_7861892459994039709_n

Vittorio Dondo

Alvaro Morataning Evropa chempionatidagi o‘yinidan keyin, “Yuventus” muntazam gol ura oladigan hujumchi olish kerak, degan qarorga kelgandir. O‘tgan mavsum oxirida Eldor xuddi turinliklar kutganidek to‘purarlik mahoratini namoyish qila oldi.

Francesco Repetto

Shomurodovni yana bir mavsumdan keyin transfer qilish kerak, deb o‘ylayman. Hozir uning transfer narxi etarli darajada baland emas va “Jenoa” bu transferdan ko‘p foyda qila olmaydi. Agar Eldor yangi mavsumni ham avvalgi chempionat yakunidagi kabi yuqori darajada o‘tkazsa, uning transferi keskin oshib ketadi.

Giacomo Sobrero:

O‘tgan mavsumda Andre Pirlo Shomurodovni transfer qilganida buni uning tajribasizligiga yo‘ygan bo‘lardim. Ko‘pni ko‘rgan Maksimiliano Allegri uni olishiga ishonmayman.

Monica Mariotti:

Eldorning o‘yinlarini Rossiya premer-ligasida ishtirok etganidan beri kuzatib kelaman. U erda yorqin o‘ynagan davrlarni ko‘rganman. Xuddi shuni o‘tgan chempionat oxirida ham namoyish qildi. “Yuventus” bu transferni puxta o‘ylab ko‘rishi kerak.

188634336_4594840983860119_908971708713846831_n

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Shomurodov “Jenoa”da qolgani ma’qulmi? “Yuventus”ga o‘tsa, Turin superklubida o‘ynab ketish imkoniyati qanday?

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

“Jenoa”: Bu hujumchi o‘zimizda qolishi kerak!

Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sherali Raxmatullayev
17/07/2021 23:32
Eldor yana bir mavsum Jenoada o'ynashi kerak, ayni damda Juventusga o'tish bu bilmadim qanchalik to'g'ri. Juventusda Eldordan ko'ra ancha kuchli futbolchilar ham zahirada qolib ketganini ko'p guvohi bo'lganmiz. Agar Romadan aniq bir taklif bo'lsa Romaga o'tgani maqul deb o'ylayman, chunki Romada zahirada qolmasdan yorqin o'yinlar ko'rsatish ancha ishonchliroq.
&
Эшалиев Шавкат
17/07/2021 16:47
Албатта "Ювентус"га, бошқа зўрроқ клубгами ўтиши зўр, супер жамоада супер ўйинчилар ўйнайди, Элдор ҳам супер ўйинчи, оллоҳ қўлласин, омадини берсин