Shomurodov transferining so‘nggi shartlari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovning Italiya chempionatidagi sarguzashtlari oxiriga etgan ko‘rinadi.
Evropa futbolini yoritadigan nufuzli manbalar 30 yoshli futbolchi faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishga qaror qilgani haqida yozmoqda.
Ma’lumki, yozgi transferlar davrida Shomurodovga birinchi bo‘lib AQSh chempionati vakillari e’tibor qaratdi. Biroq aniq takliflarni “Istanbul Bashakshehir” klubi amalga oshirdi. Turklar “Roma”ga bir necha bor transfer so‘rovini yuborib, maqsadlari jiddiy ekanini ko‘rsatdi.
Keyinchalik Frantsiyaning “Renn” klubi va A Seriya debyutanti “Kremoneze” ham Shomurodovni so‘rab, rimliklarga murojaat qilgani haqida axborot tarqaldi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, vaziyat “Bashakshehir” foydasiga hal bo‘lgan.
- “Roma” hujum chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar qilish harakatidan to‘xtamaydi. “Beshiktosh” angliyalik forvard Temmi Abraxamni sotib olgani e’lon qilinganidan keyin Turkiya Superligasidan yana bir klub “Roma”ning boshqa hujumchisini olish uchun qat’iyat ko‘rsatmoqda.
Sky Sport nashri ham tasdiqlaganidek , “Roma” va “Bashakshehir” Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarni ijobiy yakunlash nuqtasida turibdi. Tomonlar futbolchini keyinchalik sotib olish majburiyati bilan ijaraga berish variantida to‘xtadi.
Shomurodovning o‘zi Turkiya yo‘nalishini ma’qulladi va shundan so‘ng har ikki klub muzokaralarning yakuniy qismiga kirishgan. Endi biz “Roma” turklarning taklifini qabul qilib, transfer amalga oshganini rasman tasdiqlashini kutishimiz kerak, - deb yozmoqda calciomercato.com sayti.
Futbol olamidagi taniqli insayderlardan Janluka Di Martsio ham Eldor Shomurodov atrofidagi vaziyatga e’tibor qaratdi.
- “Roma” va “Istanbul Bashakshehir”ning Eldor Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralari yakunlanmoqda. Natija – keyinchalik to‘liq transfer qilish sharti bilan ijara.
Temmi Abraxam rasman “Beshiktosh”ga ko‘chib o‘tganidan keyin “Roma” bozorda o‘yinchilarning kirish va chiqish transferlari bo‘yicha ishlarni jadal davom ettirmoqda.
Rimni tark etishiga to‘g‘ri kelayotgan o‘yinchilardan biri Eldor Shomurodov Turkiyaga ko‘chib o‘tishga har qachongidan ham yaqin turibdi, - deb yozdi taniqli jurnalist o‘zining gianlucadimarzio.com saytida.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya chempionatida to‘p tepib keladi. Mohir hujumchi A Seriyada “Jenoa”, “Spetsiya”, “Kalyari” va “Roma” klublari sharafini himoya qilgan.
Legionerimiz 2021 yili rimliklar safida UEFAning yangi musobaqasi – Konverentsiyalar ligasining birinchi g‘olibi bo‘lgan.
Eldor Shomurodov “top-5” ligalarida birinchi golni urgan va eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘zbek futbolchisi sifatida o‘z nomini tarixga muhrlab qo‘ygan.
Gvardiola Husanovni o‘ynatmagani qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Tezkor: Shomurodov qaysi jamoani tanladi?
Fayzullaev braziliyaliklarning “jahli”ni chiqardi!
Gvardiolaga aynan Husanov etishmadi!
“Siti” Husanovning sherigi bilan muzokara boshladi
Husanov, Xolandni tabriklab qo‘y!
Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?
Fikrlar