Tezkor! Shomurodov juda kuchli futbolchi. U bizga kerak!

  • 30 iyul, 2022, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya debyutanti “Montsa” rahbariyati “Roma”dan ketishga tayyorlanayotgan Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qildi.

Tecno

“Montsa” kelasi mavsum A Seriyadagi joyini saqlab qolish uchun kurashishi aytilmoqda. Keyinchalik bu jamoa yuqori o‘rinlar uchun aylanadigan kuchli klubga aylantiriladi. Ular hujum chizig‘ini o‘zbek futbolchisi bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Buni klub rasmiylari tasdiqladi.

- Shomurodov kuchli o‘yinchi va u bizga yoqadi. Hozircha, boshqa gapga o‘tmaymiz, - dedi “Montsa” sport direktori Fillipo Antonelli Agomeri.

So‘nggi ikki kun ichida Shomurodovga “Sassuolo”, “Torino”, “Sampdoriya”, “Bolonya” kabi klublar qiziqayotgani haqida xabarlar tarqatildi.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 40 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va oltita assist rasmiylashtirdi. Rim klubi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan futbolchimiz sakkiz million evroga baholanmoqda.

Shomurodovga xaridor klublarning aksariyati uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olmoqchi.

1628376697_shomurodroma

“Roma” futbolchisiga uchta klub da’vogar

Rim klubi sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni boshqa jamoalarga o‘tkazish bo‘yicha ham ish olib bormoqda.

20 yoshli chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalafori “Roma”ni tark etadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgan.

Bu o‘yinchi chap qanotda o‘ynaydigan tajribali charm to‘p ustalari – Spinatstsola, Vina va Zalevski bilan raqobatlasha olmaydi. Shu bois, u o‘tgan mavsum “Jenoa”ga ijaraga berilgandi. V Seriyaga tushib ketgan “Jenoa” yana Rikkardoni ijaraga olmoqchi.

Bundan tashqari, italiyalik himoyachiga Shveytsariya klublari – “Tsyurix” va “Bazel”dan chorlov bor.

calafiori-roma-allenamento-1

“Roma” hujumchisining bozori chaqqon

“Roma” kelasi mavsum foydalanmaydigan hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvert ham tezroq o‘ziga boshqa klub topishi kerak. Garchi niderlandiyalik hujumchi o‘tgan mavsumni “Nitstsa” tarkibida ancha yuqor saviyada o‘tkazgan bo‘lsa-da, Joze Mourino unga “bo‘rilar” safidan joy bermoqchi emas.

Yaqinda “Galatasaroy” Klyuyvertni so‘rab, rimliklarga murojaat qilgan edi. Endi esa Jastinga yana ikki da’vogar paydo bo‘ldi.

“Nitstsa” klubi niderlandiyalik futbolchini yana ijaraga olishni rejalashtirmoqda va uning yordamida bu jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchi.

Shuningdek, “Fulxem” anchadan beri Klyuyvertni kuzatib kelmoqda. Bu jamoa iste’dodli o‘yinchini o‘z kuchini Angliyada sinab ko‘rishga chaqiryapti.

1648498777_klu

Tezkor! Shomurodovga zo‘r klub xaridor! Bosh direktor buni tasdiqladi.

“Sampdoriya” Shomurodov bo‘yicha bayonot berdi!

Tezkor! Shomurodov juda kuchli futbolchi. U bizga kerak!

Tezkor! Shomurodovga da’vogar klublar soni uchtaga etdi! Eldor qay birini tanlaydi?

Tezkor! Shomurodovga yangi xaridor chiqdi!

O‘runov men ishlagan eng zo‘r o‘yinchilardan!

Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan superklub “Roma”dan boshqa hujumchi oladi!

Rossiya va Belarus klublari taklifiga qaramagan legionerimiz premer-ligaga kelganidan xursand

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

To‘purar legionerimizda yaxshi yangilik bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Verizon New
30/07/2022 10:33
Alloh Eldorni omadini bersin! Qaysi klubga o'tsa ham muxlislik qilamiz