Ularni eslab qoling! Mashhur agent qaysi o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni aytdi

  • 17 iyun, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar doim ko‘p bo‘lgan. Biroq keyingi paytda o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari Evropaning top-ligalaridagi klublari e’tiborini tortayotgani ham bor gap.

Tecno

Eldor Shomurodov qariyb besh yildan beri Italiya to‘p tepyapti. 29 yoshli hujumchi Evropa “top-5” ligalarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan, birinchi va eng ko‘p gol urgan ilk o‘zbek futbolchisi sifatida o‘z nomini tarixga yozdirib qo‘ydi.

Yangi avlod vakili – Abduqodir Husanovning dastlab Frantsiyaning “Lans” klubida o‘ynagani va 2025 yilning 20 yanvarida dunyoga mashhur klub “Manchester Siti”ga o‘tgani ham o‘zbek futbol maktabi uchun yaxshigina reklama bo‘ldi. Bunga Muhammadali O‘rinboevning “Brentford” klubi yoshlar jamoasida tajriba oshirgan va Lazizbek Mirzaevning  ispan klubi –  “Leganes” yoshlar jamoasiga o‘tganini ham qo‘shish mumkin.

O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishirok etib kelayotgani ham jahondagi klublar skautlari va selektsionarlarini mamlakatimiz futbol bozorini kuzatishga undamoqda.

Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev kabi yulduzlar manfaatini himoya qilayotgan Prosports Manaqement  agentligi rahbari German Tkachenko “Nobel” YouTube-kanalidagi chiqishida o‘zbek futbolida yana yangi nomlar paydo bo‘lganini va ularga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Gap shundaki, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi yaqinda Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan Osiyo kubogida g‘olib chiqdi. Finalda ikkita o‘yinchi kam qolganiga qaramay, terma jamoamiz saudiyaliklarni 2:0 hisobida mag‘lub etib, qahramonlik ko‘rsatdi. Tkachenko mana shu jamoada bir necha salohiyati katta o‘yinchilar borligini aytdi.

O‘zbekiston bizga ko‘plab talantli futbolchilarni etkazib beryapti. Ayniqsa, 2008 yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat jamoa – o‘ta ajoyib. Ular yaqinda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogi finalida mezbonlarni to‘qqiz kishi bo‘lib ham taslim qildi. Juda kuchli jamoa tuzilgan.

Bu jamoadan mijozlarimiz ko‘p. Bu yangi to‘lqindagi o‘yinchilar. Masalan , Hasanov (“Bunyodkor” hujumkor futbolchisi Sadriddin Hasanov – sports.uz). Uni Husanov bilan adashtirmang.

Bu nomlarni eslab qoling!

Yana biri Osiyo kubogining eng yaxshi  o‘yinchisi va eng zo‘r to‘purari Aliev (15 yoshli Asilbek Aliev to‘rtta uchrashuvda beshta gol urdi – sports.uz). Tarkibda yana jamoa sardori Mo‘min (Mo‘minxon Bahodirxonov – sports.uz) bor.

Bu jamoada boshqa zo‘r yigitlar ham bor. Men ularning barini yaxshi bilan, ularni  kuzatib boraman, ular ustida ishlayman, - dedi German Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Islom Ismoilov bosh murabbiyligida O‘zbekiston U-17 terma jamoasi qit’a chempioni sifatida endi shu yilning noyabr oyida Qatar mezbonlik qiladishan jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu turnirda ham qator klublarning skautlari, selektsionerlari, murabbiylari va mutaxassislar dunyoning oltita qit’asidan kelgan iste’dodli yosh o‘yinchilar qatori o‘zbekistonlik talantlarni ham kuzatib boradi.

AQShda Husanovdan “sensatsiya” kutishyapti!

Husanov Shomurodovni “taxt”dan ag‘dardi!

Fayzullaev Angliya klubi nishonida!

Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!

Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!