Yaxshiboev jamoasi o‘ynaydi. Jasurdan gol kutamiz!

  • 22 sentabr, 2021, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Jasur Yaxshiboev o‘ynayotgan “Sherif” jamoasi bugun Moldova chempionatida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi.

Amaldagi chempion 11-tur doirasida “Floreshti” futbolchilari bilan kuch sinashadi.

Moldova chempionatining yuqori ligasi – Milliy divizionda sakkizta jamoa ishtirok etmoqda. Ular orasida eng qudratlisi “Sherif” hisoblanadi.

Tiraspolliklar chempionatdagi ilk g‘alabasini 2000-2001 yilgi mavsumda nishonlagan. Yigirma yil ichida “Sherif” futbolchilari bir marotabadan kumush va bronza medallarga ega chiqqan. Qolgan chempionatlarni chempion sifatida yakunlagan.

Joriy mavsumda Yaxshiboev jamoasi to‘rtta g‘alaba, bittadan durang va mag‘lubiyat qayd etib, 13 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada qayd etilgan.

Tiraspolliklar musobaqada birinchi o‘rinda borayotgan “Petrokub”dan to‘qqiz ochkoga ortda qolmoqda. Biroq, “Sherif” peshqadamdan to‘rtta o‘yin kam o‘tkazgan va bu zaxiradagi uchrashuvlarning barchasida zafar quchsa, “Petrokub”dan o‘zib ketish imkoni bor.

Jasur Yaxshiboev “Sherif” tarkibiga qo‘shilganidan keyin debyut uchrashuvini aynan “Petrokub” jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Ilk bahsda bittadan gol va golli pas bergan hamyurtimiz “Sherif”ga asosiy raqibni mag‘lub etib berdi – 2:0.

61423a41084ec

Bo‘lajak uchrashuv oldidan “Sherif” futbolchilarining kayfiyati yaxshi. Ukrainalik mutaxassis Yuriy Vernidub shogirdlari tarixda ilk bor, UEFA Chempionlar ligasi gurug‘ bosqichida o‘ynab, debyut uchrashuvida Donetskning “Shaxtyor” klubini tiz cho‘ktirdi. Jasur Yaxshiboev o‘sha bellashuvda “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniridagi debyutini nishonladi.

Tiraspolliklarning bu galgi raqibi – “Floreshti” chempionatning eng zaif jamoasi. Ular o‘nta uchrashuvning barini boy bergan. Raqiblarga eng kam – atigi beshta  gol urib, o‘z darvozasidan eng ko‘p – 27 ta marotaba to‘p olib chiqqan.

“Sherif” hujumining etakchilaridan biriga aylangan Jasur Yaxshiboevdan ko‘pchilik chempionatning himoyachi eng zaif jamoasi bilan bo‘ladigan o‘yinda gol kutayotgani bor gap.

“Sherif” futbolchilari uchun bugungi va 25 senyatbr kuni “Dinamo-Avto” klubiga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Tiraspolliklar uchun oxirgi ikki o‘yin Chempionlar ligasi guruh bahsida “Real” bilan bo‘ladigan bellashuvga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Taqvimga ko‘ra, Jasur Yaxshiboev va uning jamoadoshlarini 28 sentyabr kuni “Santyago Bernabeu”da guruhning eng qudratli jamoasiga qarshi ajoyib o‘yin kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jasur Yaxshiboev o‘tgan mavsumda “Shaxtyor-Soligorsk” tarkibida Belarus chempionligini qo‘lga kiritganidan keyin, shu yilning boshida Polsha chempioni “Legiya” bilan shartnoma imzolagan edi. Futbolchimiz yangi jamoa safida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi. Shu bois yozgi transferlar oxirida “Sherif”ga ijaraga o‘tdi va bir mavsum Tirpaspol klubi sharafini himoya qiladi.

Yaxshiboev Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqich o‘yinlarida o‘z salohiyatini namoyish eta olsa, uning faoliyatida burilish bo‘lishi mumkin.

jasa

"Sherif" - "Floreshti" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. 

Supergol urgan legionerimiz nimalar dedi?

Chempionlar ligasida zafar quchgan Yaxshiboev jamoasi haqida antiqa ma’lumot

Legionerimizning “kulgili goli" asosiy raqibni tiz cho‘kdirdi

Evropa tomonlardagi legionerimizning goli muhim g‘alaba keltirdi

 Yaxshiboevni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichida debyut kutmoqda! U turnirning eng zaif jamoasini “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”dan qutqara oladimi?

UEFA Chempionlar ligasi o‘yini oldidan o‘zbek legioneri super gol urdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugoff Dlyabiznesa
22/09/2021 11:24
Uzbekistan Legioners телеграм каналида бугунги мухим уйинлани анонси и силкалари жойланган! кимга кизу болса бугун Нижний Новгород, Уфа, Шериф, Энергетик БГУ уйниди