
Yaxshiboevning golidan so‘ng “Isloch” bosh murabbiyi 10 yil boshqargan jamoasidan ketadigan bo‘ldi
Belarus chempionatining 10-turida o‘z maydonida “Energetik-BGU” jamoasiga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ygan “Isloch” jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Jukovskiy 10 yildan beri boshqarib kelayotgan jamoadan voz kechishini ma’lum qildi.
- Joriy mavsum men uchun bu jamoadagi so‘nggisi bo‘ladi. Afsus. Boshqa toqat qilolmayman, - dedi Vitaliy Jukovskiy o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.
“Isloch”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘zbek hujumchisi Jasur Yaxshiboev chempionatdagi ettinchi golini urib, to‘purarlar peshqadamiga aylanib olish barobarida jamoasining musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishini ta’minladi. “Isloch” futbolchilari esa oltinchi o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar