Jamshid Saidov va Tachmurad Agamurodov buxorolik muxlislar bilan xayrlashdi

  • 24.01.2017 19:07
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Xabaringiz bor, kecha “Buxoro”da murabbiylar shtabi o‘zgardi. Jamoaga ustozlik qilayotgan Jamshid Saidov va muslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodov o‘z lavozimlaridan ozod etilgandi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, ushbu ikki mutaxassis buxorolik muxlislar bilan xayrlashishgan. Jamshid Saidov va Tachmurad Agamurodov “Buxoro” klubi muxlislariga ularni qo‘llab turganliklari uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirib jamoaning keyingi faoliyatiga omad tilashdi.

O‘z navbatida, ishqibozlar ham ularga jamoaning riqojiga qo‘shgan hissalari uchun tashakkur ishor qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki murabbiy Buxoro futboli tarixida klubni birinchi marta oliy ligada to‘rtinchi o‘ringa olib chiqishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!