Mourino mashhur hujumchiga qo‘ng‘iroq qildi. U Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda!

  • 16 mart, 2022, 16:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgi tarkib bilan yuqori marralarni zabt etishga qiynalayotgan Joze Mourino “Roma”ga katta klublar nonini egan mashhur o‘yinchilarni taklif qilishni davom ettirmoqda. Rimliklar yozgi transferlar vaqtida “Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazettga qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Joze Mourino jamoasi hujumida Temmi Abraxam bilan birga tajribali forvard o‘ynashini istayapti.

Todofichajes.com saytining xabar berishicha, Joze Mourino “Arsenal”dan ketish istagida yurgan frantsiyalik hujumchi bilan bog‘langan. Norasmiy suhbatda Mourino Aleksandr Lyakazettga uni “Roma”da bajaradigan vazifasi, unga yaratiladigan sharoitlar haqida ma’lumot bergani aytilmoqda.

lakazettealex-thumb

Aleksandr Lyakazett 2017 yili “Lion”dan “kanonirlar” safiga 53 million evro evaziga transfer qilingan. Uning shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. Lonlonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta 30 yoshli hujumchi bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham muhitni o‘zgartirish uchun Londondan ketmoqchi bo‘lyapti.

Frantsiyalik forvard joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga oltita gol va sakkizta assist rasmiylashtirdi.

Lyakazett “Roma”ga keladigan bo‘lsa, Eldor Shomurodovning asosiy tarkibga kirishi yanada qiyinlashadi. O‘tgan yili yozda “Roma”ga o‘tganida asosiy hujumchi hisoblangan hamyurtimiz keyinchalik o‘z joyini Temmi Abraxamga bo‘shatib berdi.

Hozir Joze Mourinoning Eldorga nisbatan munosabati avvalgidek emasdek ko‘rinmoqda.  Portugaliyalik mutaxassis legionerimizdan ko‘ra 18 yoshli Feliks Afena-Gyanga ko‘proq ishonch bildirmoqda. Ayrim muxlisu mutaxassislar orasida Shomurodov muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga o‘tgani ma’qul, degan qarashlar ham paydo bo‘la boshladi.

1629401247_shomu

Mxitaryan “Roma” bilan kelisha olmayapti

“Roma”da yuqori saviyada o‘ynayotgan Genrix Mxitaryanning shartnomasi yakunlanish arafasida. Poytaxt klubi mutasaddilari dastlabki fikrini o‘zgartirib, armaniyatonlik pleymeykerga yangi bitim berishga qaror qilgan.

Avvalroq, “Roma” yarim himoyachi bilan ikki yillik shartnoma tuzishni hozirgi maoshidan ikki baravar kamroq pul to‘lashini bildirgan edi. Mxitaryan ayni paytda bir mavsum uchun 4 million evro maosh olmoqda. Klub bundan buyog‘iga 2 million evro to‘lamoqchi. Biroq, bu taklif futbolchini qoniqtirmadi.

Calciomercato saytining xabar berishicha, 33 yoshli Genrix klubida yana ikki yil qolishga rozi. Biroq, maosh masalasida ko‘proq hay to‘lanishini talab qilmoqda.

Armanistonlik futbolchi 2019 yildan beri Rimda to‘p tepmoqda. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 marotaba maydonga tushib, uchta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

volga (2)_1

Hammasi yozda hal bo‘ladi

“Milan”da ijara asosida o‘ynayotgan 31 yoshli yarim himoyachi Allesandro Florentsi yozda hozirgi jamoasi safiga to‘liq ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirdi.

Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha, tajribali futbolchining agenti Alessandro Luchchi “Roma” va “Milan” vakillari bilan faol tarzda muzokara olib bormoqda va  imkon qadar tezroq mijozining Milanga to‘liq ko‘chib o‘tishini ta’minlamoqchi.

- Hozir kelajagim haqida o‘ylayotganim yo‘q. O‘z imkoniyatlarimdan maksimal darajada foydalanib, maydonda o‘zimni ko‘rsatishga harakat qilyapman. Hammasi iyunda hal bo‘ladigan ko‘rinadi, - deydi Alessandro Florentsining o‘zi.

“Roma” va “Milan” o‘rtasida imzolangan ijara shartnomasiga ko‘ra, milanliklarda futbolchini yozda transfer qilish huquqi bor. Buning uchun ular poytaxtliklarga 4,5 million evro badal to‘lashi kerak. Biroq, “Milan” bu summani pasaytirishga harakat qilyapti.

 “Roma” tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda “Milan” uchun 26 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ygan.

Florenzi-3

Shomurodov eng zo‘r jamoada o‘ynayotgan ekan...

Shomurodovni o‘ynatmayotgan Mourino Rossiya chempionatida yana futbolchi olmoqchi

Mourino Shomurodovdan voz kechdimi?

Frantsiyaning kuchli jamoasi “Roma” hujumchisini aniq sotib oladi! U kim ekan?

“Roma” hujumchilaridan biriga yangi jamoa qidira boshladi!

Umarovning uzri o‘tmadi, jamoalar uni talashmoqda, lekin...

Mojaro Umarovning Evropadagi faoliyatiga chek qo‘yishi mumkin!

Mourino “Vitess”ga qarshi taktika tanladi. Unda Shomurodovga joy bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Azimjon007
20/03/2022 20:09
Shomaga joy bulmaydi bu romada