Mutaxassis bahosi: O‘runov premer-liganing yuqoriroq jamoalariga loyiq o‘yinchi edi...

  • 28 oktabr, 2022, 21:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Aleksey Stukalov o‘tgan mavsumda o‘z qo‘l ostida o‘ynagan Oston O‘runovning salohiyatini yuqori baholadi.

Tecno

Oston O‘runov yozda “Spartak” jamoasiga qaytganidan keyin klub tashabbusi bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

spartak-arsenal 14

Keyinchalik legionerimiz “Ural” bilan 2024 yilning yarmigacha bitim tuzdi, biroq Ekaterinburg jamoasida uchta o‘yinda jami 79 daqiqa harakat qilgan 21 yoshli yarim himoyachi bu jamoani ham tark etdi.

“Ural” va O‘runov o‘zaro hamkorlikni to‘xtatishiga futbolchining jamoa bosh murabbiyi Viktor Goncharenko bilan kelisha olmay qolgani va yangi jamoada ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Aleksey Stukalov esa “Ufa”ni tark etganidan keyin “Rotor” jamoasini boshqarishga chaqirtirildi.

- Oston O‘runov yaxshi futbolchi. “Ufa”da uni avvaliga jarohatlar qiynab qo‘ygandi. Lekin qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tadi, tayyorgarligida o‘ziga yarasha o‘zgarishlar qildi va chempionatning bahorgi qismida jamoamizja yaxshi o‘ynadi.

Hozir uning boshidan nimalar o‘tayotganini bilmaydi. Shuning uchun “Ural” masalasini muhokama qilolmayman.

- Oston “Spartak”dan keyin “Ufa”da futbol borasida o‘ziga kelib olganmidi?

- Dastlabki bosqichda unga ayrim e’tiroz va savollar bo‘lgandi, keyinchalik bularning barchasi barham topdi. Menda u bilan maydondan ham, undan tashqarida ham muammo bo‘lgan emas.

- Salohiyat borasida O‘runov Rossiya premer-ligasining o‘rtamiyona jamoasi yoki yuqoriroqqa ham mos o‘yinchi desak bo‘ladimi?

- O‘ylashimcha, shunday. U yaxshi koordinatsiya va kuchli texnikaga ega o‘ziga xos o‘yinchi. Bir urinishda ikkita-uchta raqibni aldab o‘tishi mumkin. Agar bir o‘yinda uning sprintlarini hisoblab chiqsangiz, darajasi yuqori ekani shundoq namoyon bo‘ladi, - dedi Aleksey Stukalov.

b00472efe5011336

Shuningdek, Oston O‘runovning Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishida bosh bo‘lgan va hamyurtimizni uch marotaba “Ufa”da o‘ynatgan Shamil Gazizov ham legionerimiz haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘runovning o‘z karerasi bor va u olg‘a intilishi lozim. “Ufa” qaytishining imkoni yo‘q. Ko‘p futbolchilar kabi u ham o‘z faoliyatini o‘zi yo‘lga qo‘ymoqda. U “kallasini bir joyga qo‘yib”, o‘zining muammolarini bir o‘zi hal qilishi kerak, - dedi “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov “Sport-ekspress” gazetasiga bergan interyusida.

“Ural” bilan shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilingan Oston O‘runov erkin agent maqomiga ega. Matbuot 21 yoshli yarim himoyachi faoliyatini O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Qatar yoki Janubiy  Koreya jamoalarida davom ettirishi mumkinligi haqida yozmoqda.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Oston O‘runov yosh bo‘lishiga qaramay, bir necha klublar, xususan “Navbahor”, “Lokomotiv”, “Ufa”, “Spartak” va “Ural”da to‘p tepdi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida ettita uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ydi.

Ana xolos. O‘runovning “Ural”dan ketishiga janjal sabab bo‘lgan!

O‘runovning asosiy “muammosi” aytildi!

O‘zbekiston terma jamoasiga ikkita gol urgan futbolchini “Real” chaqiryapti

O‘runov “Real”ga borsin, Anchelotti yangi futbolchi qidiryapti!

Shomurodov o‘rniga Ronaldu!

“Roma” yutqazdi, Shomurodov “sehrli tayoqcha” bo‘lolmadi, g‘azablangan Mourino nimalar dedi?

O‘zbek legioneridan boshqasini zo‘r, deb bo‘lmaydi!

Italiyalik muxlislar Shomurodov transferiga qanday munosabatda?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!