
Shomurodov transferiga taqiq qo‘yildi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng yoqin futbolchisi bo‘lib turgan Eldor Shomurodov A Seriyadagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazganidan keyin uning transfer haqida xabarlar tarqala boshladi.
Xususan, Italiya matbuoti o‘zbek legioneriga “Yuventus”, “Roma”, “Milan” kabi kuchli klublardan qiiqish bo‘lgani haqida anchadan beri yozib kelmoqda. “Jenoa” rahbariyati va futbolchining agentlari ham bu ma’lumotlarni inkor etgani yo‘q.
Yaqinda Eldor Shomurodovning o‘zi “Yuventus”dan qiziqish bo‘layotgani uni xursand qilganini, yaqin kelajakda Turin klubiga o‘tadigan bo‘lsa, bu o‘z faoliyatida oldinga tashlangan katta qadam bo‘lishini ma’qul qilgandi.
Eldor Shomurodovni oldinda muhim mavsum kutmoqda. “Jenoa” bosh murabbiyi Davide Ballardini qaroriga ko‘ra, u yangi mavsumda asosiy hujumchi vazifasini bajarishi kutilmoqda. Shu bois, Ballardini yozgi transferlar vaqtida Shomurodov transferiga taqiq - veto qo‘ydi.
Klub ayni paytda asosiy e’tiborini Eldor bilan hujumda birga samarali o‘ynay oladigan futbolchi topishga qaratmoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, Shomurodovning o‘zi ham hozircha Genuyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda va bu shaharga oilasini ham ko‘chirib olib keldi.
“Jenoa” rahbariyati Eldor Shomurodovni keyinroq transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ular yangi mavsumda legionerimizga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etgan holda yanada yorqin o‘yin ko‘rsatishi va ko‘proq gol urishini ta’minlamoqchi. Chunki, Shomurodov har bir samarali harakati uning transfer summasini ko‘taradi. “Jenoa” esa jahon futboliga iste’dodli hujumchilarni etkazib berish bilan nom qozongan va shu yo‘l orqali daromad qiladi.
Eldorning o‘zi esa, jurnalistlarga bergan intervyusida 22 avgustdan start oladigan A Seriyada kamida o‘nta gol urishni maqsad qilganini aytgan edi. Yaxshi bilamizki, Shomurodov debyut mavsumida Italiya chempionatida 31 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini sakkiz marta ishg‘ol qildi. Ayniqsa, chempionat yakunida gol kiritish bobida Krishtianu Ronaldu va Romelu Lukaku kabi yulduzlardan ham o‘zib ketdi.
Shomurodov kuchli beshlik chempionatlari yuqori ligalarida gol urgan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi sifatida ham tarixdan joy oldi.
Ayni paytda hamyurtimiz “Jenoa” bilan Avstriyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashmoqda. Yig‘in doirasida o‘tkazilgan ikkita uchrashuvda ham u maydonni golsiz tark etmadi. “Shtubay” va “Vakker Insbruk” jamoalari darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchimiz gollar seriyasini ochdi.
“Jenoa” Avstriyadagi yig‘inni 24 iyul kuni yakunlab, darhol Frantsiyaga yo‘l oladi. Orlean shahrida Davide Ballardini shogirdlari PSJ bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shuningdek, genuyaliklar 31 iyul kuni Germaniyaning “Maynts-05” jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Italiya chempionatining birinchi turini “Jenoa” Milan shahrida boshlaydi. 22 avgustga belgilangan uchrashuvda Shomurodov jamoasi amaldagi chempion – “Inter” mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Jenoa”ga 7,5 million evro evaziga o‘tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Ayni paytda, ayrim ekspertlar o‘zbekistonlik hujumchining transferi 15 million evro ekanini ta’kidlamoqda. “Jenoa” esa Shomurodovni kattaroq summaga transfer qilishni rejalashtirgan.
Shomurodovning izdoshi bo‘lishi kutilgan hujumchi kelmaydi. "Jenoa" transferi barbod bo‘ldi!
“Spartak” birinchi ketadigan futbolchi nomini e’lon qildi. U O‘runov emas!
Legionerimiz yangi jamoaga o‘tdi!
To‘purar legionerimizni UEFA musobaqasiga chaqirishmoqda!
Legionerimizni o‘ynatmagan jamoa premer-ligadan chetlatiladi!
Shomurodov raqamini o‘zgartirdi!
Shomurodov yangi mavsumda nechta gol ura oladi? Eldor savolga javob berdi!
Shomurodov yangi mavsumda nechta gol urishini aytdi!
“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!
Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!
“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!
Fikrlar