Shomurodov yana bir mashhur klubga rad javobini berdi!

  • 2 sentabr, 2022, 07:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov “Roma”da qolib asosiy tarkibga kirish uchun kurashadigan bo‘ldi. O‘zbek hujumisiga yozgi transferlar oynasi vaqtida bir necha jamoalardan qiziqish bo‘ldi va ularning aksariyati rimliklar bilan muzokara olib bordi ham.

Evropa futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://www.euro-football.ru saytining xabar berishicha, Eldor Shomurodovni Turkiya Superligasi vakili “Fenerbahche” o‘z tarkibiga chorlagan. Manbaning ta’kidlashicha, o‘zbek hujumchisi bu taklifni qabul qilmagan va turklarga rad javobini bergan.

4 (1)

Aslini olganda, Eldor Turkiyaning eng mashhur jamoalaridan taklif olgani ahamiyatli. Mamlakat chempioni “Trabzonspor”, “Galatasaroy” va “Beshiktosh” klublari ham forvardning transferini so‘rab, poytaxtliklarga murojaat qilgandi.

Italiyada qolishni istagan hamyurtimiz bu takliflarning birortasini qabul qilmadi.

Italiya jamoalari orasida Shomurodovni qo‘lga kiritish uchun eng qattiq kurashgan “Bolonya” bo‘ldi. Bolonyaliklar bosh murabbiy Sinisha Mixaylovichning istagini bajarish uchun Shomurodovni ijaraga olib, kelasi yozda uni sotib olish majburiyatini qabul qilishga ham ko‘ndi. Biroq, tomonlar to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya miqdori bo‘yicha kelisha olmadi.

Unga ko‘ra, “Bolonya” rimliklarga 10 million evro taklif qildi. Bir yil muqaddam legionerimizni 18 million evroga xarid qilgan “Roma” mutasaddilari moliyaviy ziyon ko‘rmaslik uchun 15 million evro so‘radi. Keyinchalik, poytaxt klubi Shomurodovning narxini avvaliga o‘n to‘rt, oradan bir necha kun o‘tib, 12 million evroga tushirgani haqida xabarlar tarqatildi.

Lekin rimliklarning bu himmati “Bolonya” vakillarini transferga qo‘l urishi uchun etarli bo‘lmadi.

Endi 27 yoshli hujumchimiz kamida qishki transferlar oynasi ochilguniga qadar Rimda qolishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan Shomurodov zaxira o‘yinchisi sifatida Joze Mourino qachon imkon berishini kutishga majbur.

“Roma” hujumida esa, Angliya, Argentina, Italiya terma jamoalari hujumchilari – Temmi Abraxam, Paulo Dibala, Andrea Belotti kabi yulduzlar bor va ularning asosiy tarkibdagi joyi kafolatlangan.

Qolavera, Mourino zaxiradagi forvardlar orasida Stefan El-Shaaraviga suyanishini ko‘rsatib qo‘ydi. Agar Jastin Klyuvertning ham “Fulxem”ga transferi barbod bo‘lganini inobatga olsak, Shomurodov yana bir raqobatchi bilan kurashishi oydinlashadi.

f953db8637977f9871c951e36e8189e9

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov”, “Jenoa” va “Roma” jamoalari safida jami 221 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 45 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 23 ta golli uzatma oshirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida jami 53 ta bellashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 30 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Shomurodov ro‘yxatda!

So‘nggi imkoniyat: Shomurodovga uch da’vogar va Eldor qaysi klubga nasib qiladi?

Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?

Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fazliddin Azamxojayev
02/09/2022 09:43
E rostan oladigan kamanda bosa shartta olardi bu mish mishlarin jonga tegdi uja
&
salahidin
02/09/2022 22:24
3 ойдан бери бир хил гап