Shomurodov zaxiraga "mixlandi". Mourino boshqa zo‘r to‘purarni chaqirdi!

  • 20 iyul, 2022, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum “Roma” hujum chizig‘ida raqobat o‘ta kuchli ko‘rinish oladi. Hozirning o‘zida oldingi chiziq uchun o‘tgan yilgi to‘purar Temmi Abraxam, “Roma”ga qo‘shilgan argentinalik yulduz Paulo Dibala, klubda qolishga qaror qilgan Nikolo Dzanolo va Mourinodan yana bir yillik imkoniyat olgan Eldor Shomurodov raqobat qilishi oydinlashib bo‘ldi.

Shuningdek, “Roma” safida Stefan El-Shaaravi, Feliks Afena-Gyan va Karles Peres kabi hujumkor futbolchilar ham o‘z imkoniyatini kutib turibdi.

Murabbiylar shtabi bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. Joze Mourino jamoaga Italiya terma jamoasi hujumchisi Andrea Belottini olib kelishga qaror qildi. Belotti 2016 yildan beri Italiya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi. U mamlakati bosh jamoasi safida jami 44 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 12 marta ishg‘ol qilgan.

transfer-andrea-belotti-v-zenit-pod-ugrozoj-sryva_16277440341111541765_1

28 yoshli hujumchi “Torino”dagi uzoq yillik faoliyatini yakunladi va ayni paytda erkin agent maqomida o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Belottining o‘zi Italiya jamoalaridan birida o‘ynamoqchi. Shu bois, AQSh chempionatidan bo‘lgan bir necha chorlovlarga rad javobini berdi.

“Roma”ning qiziqishi Belotti uchun ayni muddao. Tajribali to‘purar “bo‘rilar” Evropaning kuchli klublari qatoriga qo‘shilishga harakat qilayotganini ko‘rib turibdi. Mourino mohir to‘purarni tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatidan quruq qolmoqchi emas.

Demak, “Roma” yana bir katta transferga yaqin.

Belotti “Torino” klubi tarkibida etti yil davomida jami 251 marotaba maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 113 marta ishg‘ol qilgan.

"Roma" hujumiga mashhur futbolchilarning olib kelinishi Eldor Shomurodovning asosiy tarkibdan joy olishiga to‘sqinlik qiladi. Hozirdan Stefan El-Shaaravi, Karles Peres va Feliks Afena-Gyan kabi zaxira o‘yinchisiga aylanib qolgan hujumchilarga turli jamoalardan takliflar bo‘lyapti va katta ehtimol bilan yozgi transferlar yakunlangunicha ular ish joyini yangilashi mumkin.

O‘z navbatida, Eldor Shomurodovga ham Italiyaning o‘zidan bir necha jamoalardan qiziqish bo‘ldi, Turkiyaning "Galatasaroy" klubidan aniq taklif yuborildi. Lekin Joze Mourinoni hamyurtimizni "Roma"da qoldirishga qaror qilganidan keyin Shomurodovga chorlovlar to‘xtadi.

Bundan buyog‘iga Eldorning boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylanishiga ishonish qiyin. Chunki Mourinoning o‘zi uni zaxira futbolchisi sifatida ko‘rayotganga o‘xshaydi. Mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlarida dastlab legionerimizni ilk daqiqalardan o‘ynatgan portugaliyalik mutaxassis keyinchalik uni yana bir necha daqiqagagina o‘yinga qo‘sha  boshladi. 

"Sporting" bilan bo‘lgan va rimliklarning mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘rtoqlik bahsida esa Mourino Shomurodovga umuman imkon bermadi. O‘tgan mavsumdagi stsenariy takrorlanayotgandek go‘yo. 

68b2bb1d7d97a23f1497281434c2d6c7

Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Eldor Shomurodovning "Roma" safida ko‘proq maydonga tushishi, gollari va assistlari bilan o‘zini ko‘rsatishiga umid qiladi. Zero, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Evropaga zaxiradan o‘yin tomosha qilish uchun bormagan.

Legionerimiz premer-ligada eng zo‘rlar qatorida!

Premer-liga klubi o‘zbek futbolchisi yordamida chempion bo‘lmoqchi!

Legionerimizning Evropa Chempionlar ligasida gol urgan o‘yini eng yuqori baholandi!

Umarovning qadriga etmagan BATE ketma-ket qoqilmoqda!

Bu transferlar amalga oshsa, Shomurodov “Roma”dan ketgani ma’qul!

Mourino Shomurodovni nega Rimda olib qoldi?

Ana xolos! Legionerimizning transferi barbod bo‘ldi!

Evropa klubi o‘zbek futbolchisiga “klient” qidiryapti!

   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TURDIYEV AKRAMJON
20/07/2022 08:36
Шомуродов булди Энди ромадан умидингни уз бошка кулубга ут