Shomurodovning “Jenoa”si koronavirus o‘chog‘iga aylanib qoldi

  • 2 oktabr, 2020, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Jenoa” rasmiy saytining ma’lum qilishicha, jamoaning yana uch vakilida koronavirus infektsiyasi aniqlandi.

Jamoa vakillaridan olingan test natijalariga ko‘ra, yarim himoyachilar Petar Brlek va Mixa Zayts, shuningdek, darvozabonlar murabbiyi Valter Bressan koronavirus yuqtirib olgan. Avvalroq, “Jenoa”da 14 kishida yuqumli virus borligi ma’lum bo‘lgandi. Ulardan 11 nafari futbolchilardir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy tarkib o‘yinchilaridan Franchesko Kassata, Lukas Lerager, Federiko Marketti, Filippo Melegoni, Luka Pellegrini, Mattia Perin, Marko Pyatsa, Ivan Radovanovich, Lasse Shone, David Dzappakosta shifokorlar nazoratiga olingan.

“Jenoa”ning uchinchi turdan o‘rin olgan “Torino”ga qarshi ertangi uchrashuvi qoldirildi. Mashg‘ulotlar hozircha 5 oktyabrgacha o‘tkazilmaydi.

“Jenoa”da yuzaga kelgan bu holat jamoaga transfer qilingan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning rejalariga ham ta’sir o‘tkazmoqda.  Bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tib, jamoa bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan hamyurtimiz jamoa tarkibiga futbolchilar tuzalib chiqqandan keyin qo‘shila oladi.

Vadim Abramov Shomurodov transferini qanday qabul qildi?

Shomurodov transferining yangi tafsilotlari

Shomurodov Italiyaga uchib ketdi

“Jenoa” futbolchilari Shomurodovni kutib ololmaydi

Yangi ma’lumot. Shomurodov Italiya klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi

Shomurodov eng zo‘r futbolchilar termasiga kiritildi (foto)

Shomurodovning narxi qancha? “Rostov” “Jenoa”ning 8 millionini mensimadi yoxud Eldorga Evropadan yana uchta taklif bor

"Jenoa" Eldor Shomurodovni olyapti

Kanchelskis Shomurodovga Evropa futbolida o‘ynash usulini o‘rgatdi. Eldorni Ronaldu bilan raqobat kutmoqda

Shomurodov transferi bo‘yicha tezkor ma’lumot. “Rostov” Eldorni qo‘yib yubormayapti

“Rostov” Shomurodov o‘rniga Buxoroda tug‘ilgan hujumchini oladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!