To‘purar legionerimiz jamoadan ketishini aytdi

  • 29.11.2022 11:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bobur Abduxoliqovning Belarus chempionatidagi o‘yini ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Oliy liganing 30 ta uchrashuvida maydonga tushgan legionerimiz raqiblar darvozasini 26 ta marotaba ishg‘ol qildi.

Bu gollar ortidan “Energetik-BGU” o‘z tarixida ilk bor Belarus chempionatining vitse-chempioni bo‘ldi.

bd6c34f78ac195b7acac91a77d2e09b3

Bobur Abduxoliqovning o‘zi mavsum davomida uchta rekord o‘rnatdi va ikkitasini takrorladi:

Mehmonda urilgan gollar — 16;

Legionerlar orasida mavsumda eng ko‘p gol urgan — 26;

Legionerlar orasida gol+pas bo‘yicha eng yuqori ball — 32.

Shuningdek, Bobur mavsumdagi dubllar soni va uchrashuvda jamoasiga g‘alaba keltirgan gollar bo‘yicha o‘rnatilgan rekordlarni takrorladi.  

Ko‘pchilik mutaxassis Bobur Abduxoliqov kelasi mavsum jamoada qolib, “Energetik-BGU”ga Evrokuboklarda yordam berishini istagandi. Lekin hamyurtimiz yakunlanayotgan shartnomasini uzaytirmaydigan bo‘ldi.

- Kelasi yili men boshqa chempionatda to‘p tepaman, - dedi Bobur Abduxoliqov.

To‘purarlik mahoratini namoyish etgan hujumchimizga yil davomida turli jamoalardan takliflar bo‘lgani sir emas. Abduxoliqovning Shotlandiya, Turkiya, Vengriya, Polsha, Rossiya, Germaniya va Osiyoning bir necha klublaridan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Endi Bobur Abduxoliqov agentlari bilan birga o‘ziga mos jamoa tanlashi kerak bo‘ladi. Tabiiyki, boradigan ligasi Belarus chempionatidan, tanlaydigan jamoasi “Energetik-BGU”dan kuchli bo‘ladi.

Shu o‘rinda, 25 yoshli hujumchimiz Belarus chempionatidagi sermahsul o‘yinlari tufayli bir necha individual sovrinlar bilan taqdirlanganini eslatib o‘tamiz.

Xususan, Bobur chempionatning eng yaxshi futbolchisi, to‘purari va hujumchisi nominatsiyalarida g‘olib bo‘lib, birdaniga uchta sovrin sohibiga aylandi.

Shuningdek, “Energetik-BGU” klubi tarixida bir mavsumda eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi.

Bobur Abduxoliqovning bu natijalari uning O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaytarilishiga sabab bo‘ldi. Mamlakatimiz bosh jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets uni noyabr oyidagi yig‘inga taklif qilib, Rossiya terma jamoasi bilan bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirdi.

Bobur Abduxoliqov “Nasaf” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Iste’dodli futbolchi qarshiliklar safida 2016 yildan 2021 yilgacha to‘p tepgan. Bu jamoa tarkibida O‘zbekiston chempionati, mamlakat kubogi va Osiyo chempionlar ligasi musobaqalarida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

715381_680

Abduxoliqov faoliyatida Ukraina qilgan omadsiz safari ham bor. “Rux” klubi bilan shartnoma imzolagan Bobur o‘ziga asosiy tarkibda biror marta imkoniyat berilmaganidan keyin, bu klub bilan kelishuvni bekor qildi.

Shundan so‘ng, omadini sinash maqsadida o‘tgan yili yozda Belarus chempionatiga yo‘l oldi. Bu mamlakatdagi bir yarim yillik faoliyati davomida o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyish eta oldi.

Endi tez kunlarda Bobur Abduxoliqovdan katta yangilik kutamiz.

"Roma"ni qutqargan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

Yana bir klub Shomurodovni so‘radi, “Roma” javob qaytardi!

Yaponiyada gol urgan Shomurodov o‘yindan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqardi. Endi Mourinoning munosabati o‘zgaradimi?

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!