
“Yuventus” – “Barselona” uchrashuviga oid faktlar
Bir necha soatlardan so‘ng EChL chorak finalida “Yuventus” va “Barselona” jamoalari to‘qnash kelishadi. Biz esa bo‘lajak uchrashuv oldidan mazkur o‘yinga oid faktlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
>>EChL. Har bir bosqichdagi eng yirik hisoblar
>>“Bunyodkor” Eronda qanday o‘ynagan?
>>Legionerlarimiz hafta davomida. 1 qism
• Bu jamoalar shu vaqtga qadar 7 marta o‘zaro ro‘baro kelganlar. 3 marta “Barselona”, ikki bor “Yuventus” g‘alaba qozongan. Qolgan ikki o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan;
• Mazkur ikki klub ikki o‘yindan iborat bo‘lgan o‘zaro bahslarda to‘rtinchi marta to‘qnash kelmoqda;
• Ilk bor pley-offda bu jamoalar 1985/86 yilgi mavsumda EChK chorak finalida to‘qnash kelishgan. “Kamp Nou”da 1:0 hisobida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bahsida kuchlar teng kelgan – 1:1 va yarim final yo‘llanmasiga “Barselona” ega chiqqan;
>>Madrid derbisi tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
• Pley-offdagi ikkinchi o‘zaro to‘qnashuv esa 1991 yilda bo‘lib o‘tgan. KEK yarim finali doirasida o‘tkazilgan “Kamp Nou”dagi dastlabki o‘yinda “blaugranaslar” 3:1 hisobida zafar quchgan. Turinda esa “keksa sinora” Mishel Platinining yagona goli evaziga g‘alaba qozongan. Ammo bu finalga chiqish uchun kamlik qilgan;
>>Bu mavsum avotogol muallifi bo‘lgan 10 nafar yulduz futbolchi
• Pley-offdagi uchinchi o‘zaro o‘yin esa 2002/03 yilgi mavsumda EChL chorak finalida bo‘lib o‘tgan. Turindagi bellashuvda kuchlar teng kelgan(1:1) bo‘lsa, “Kamp Nou”da ham asosiy daqiqalarda shunday hisob qayd etilgan. Qo‘shimcha bo‘limdagi gol evaziga esa 10 kishi bo‘lib o‘ynagan “Yuventus” g‘alaba qozongan va mezbonlarni turnirdan chiqarib yuborgan. “Barsa”ning hozirgi murabbiyi Luis Enrike “blaugranaslar” safida har ikkala bahsda ham maydonga tushgan;
• Yuventus” evrokuboklarda o‘z maydonida 21 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda(12 g‘alaba, 9 durang). So‘nggi bor Turinda “Bavariya” g‘alaba qozongan, 2013 yilda;
>EChL. “Borussiya Dortmund” – “Monako” uchrashuviga oid faktlar
• “Yuve” bu mavsum o‘z maydonida o‘tgan 4 bellashuvning ikkisida g‘alaba qozongan;
• “Byankonerilar” evrokuboklarda ikki o‘yindan iborat bo‘lgan bahslarda ispan jamoalariga qarshi statistikasi quyidagicha ko‘rinish olgan: 8 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat;
• “Yuventus” evrokuboklarda ispan jamoalari bilan o‘z maydonida 24 bor o‘ynagan. Natijalar quyidagicha 14 g‘alaba, 8 durang va ikki mag‘lubiyat;
• “Barselona”ning evrokuboklarda ikki o‘yindan iborat bo‘lgan bahslarda italyan jamoalariga qarshi statistikasi: 8 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- “O‘zbekiston – Bahrayn o‘yinini eslab” yoxud Angliyada ham shunday xato bo‘ldi!
- Ahmedov Irismetovni quvib o‘tdi yoxud O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar