Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!

  • 14 yanvar, 2024, 01:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Frantsiya vitse-chempioni “Lans” o‘tgan yoz Loi Openda va Seko Fofana kabi etakchi o‘yinchilarini boshqa klublarga sotib yubordi.

Lansliklar jamoaning etakchi markaziy himoyachisi Kevin Dansoning transferidan ham mo‘may daromad olishni rejalashtirgan. Ana shu maqsadda Dansoga o‘rinbosar sifatida Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan Abduqodir Husanov olib kelindi.

Mavsumning birinchi qismida 19 yoshli legionerimiz Liga 1 va Evropa Chempionlar ligasida jami sakkizta o‘yin o‘tkazib, jamoaning etakchi himoyachilari o‘rnini to‘liq bosishga qodirligini ko‘rsatdi.

Qishki transferlar vaqtida Kevin Dansoning bozori yana qaynay boshladi. Avstriyalik futbolchiga PSJ va “Bavariya”dan jiddiy taklif bo‘ldi. Tarkibdagi etishmovchiliklarni inobatga olgan “Lans” rahbariyati transfer masalasini yozgi transferlar davriga qoldirishga qaror qildi.

kevin-danso-lens-2022-1667222795-95261_1

Parij va Myunxen superklublari mavsum yakunlanganidan keyin yana “Lans” eshigini qoqadi. Biroq yozga borib da’vogarlar soni ko‘payib ketishi mumkin. Chunki 26 yoshli himoyachiga Annliya Premer-ligasi vakillari ham e’tibor qaratdi. Lansliklarga 22 million evroga baholanayotgan o‘z o‘yinchisini yanada qimmatroq pullashi uchun aynan mana shu holat kerak.

“Lans”ning yana bir etakchi markaziy himoyachisi Fakundo Medinaga Italiya grandlari taklif bilan chiqyapti.

24 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasiga jalb etib kelinayotgani ham unga bo‘lgan da’vogarlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

Taniqli jurnalist Sebasten Denining ma’lum qilishicha, 24 yoshli markaziy himoyachiga “Yuventus”, “Inter” va “Milan” ko‘z tikmoqda.

A Seriya klublarining har biri Medina himoya markazini kuchaytirishiga ishonch bildiryapti. Qolarversa, “Lans” rahbariyatida himoyachini Angliya Premer-ligasiga transfer qilish varianti ham bor.

Medina Argentinaning “Taleres” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020 yili “Lans” uni 3,5 milliont evroga transfer qilgan.

Ayni paytda Fakundoning narxi 22 million evroga ko‘tarilgan. Katta ehtimol bilan “Lans” xo‘jayinlari bu o‘yinchining transferi bilan ham yozda shug‘ullanadi.

Facundo Medina-11-01

Har ikki markaziy himoyachidan qay birining transferi muvaffaqiyatli amalga oshsa, bu asosiy tarkibdan muqim o‘rin egallash uchun kurashayotgan Abduqodir Husanovga qo‘shimcha imkoniyat hisoblanadi.

Qolaversa, kuni kecha “Lans”ga ayni paytda qaysi futbolchi etishmayotganini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etgan muxlislarning deyarli teng yarmi o‘zbek legioneriga ovoz bergan.

Ma’lumki, Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatar mezbonligida o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida qatnashayotgani bois, bir necha o‘yinlarda “lans”ga yordam berolmaydi. Muxlislar esa, jamoaga aynan Abduqodir kerakligini aytib, uni kutyapti.

Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti

Husanovni Frantsiyada kutishyapti!

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!