Fayzullaevning TsSKAda hurmati oshib ketdi

  • 20 sentabr, 2023, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”ning 19 yoshli hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev avgust oyida Moskvaning TsSKA jamoasiga ko‘chib o‘tganida mutaxassislar va muxlislar orasida iste’dodli futbolchimiz yangi joyda o‘zini ko‘rsatishga qiynalishini ta’kidlaganlar ham bo‘lgandi.

Tecno

Lekin Abbosbek salohiyatini namoyish qilishi uchun uchta uchrashuv kifoya qildi. Dastlab, ikki o‘yinda bir necha daqiqadan to‘p tepgan legionerimiz “Krilya Sovetov”ga qarshi bahsda ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

image_2023-09-16_23-00-09

Fayzullaev har jihatdan raqibdan ortda qolayotgan jamoaning o‘yinini keskin o‘zgartirib yubordi. Natijada poytaxtlik “armiyachilar” muxlislari ko‘z o‘ngida mag‘lub bo‘lishdan qutilib qoldi.

O‘zbek futbolchisi oshirgan to‘pni TsSKA etakchilaridan Fyodor Chalov raqib darvozasiga joylab, hisobni tenglashtirdi – 2:2.

O‘yindan bir necha kun o‘tib, Fyodor Chaldov jurnalistlarga o‘sha  golli vaziyat qanday yaratilganini aytib berdi.

- Chempionatdagi qisqa tanaffusdan keyin o‘yinga kirishib ketish biroz qiyin kechadi. Bellashuvda biz xatoga yo‘l qo‘ydik, “Krilya Sovetov” futbolchilari bundan unumli foydalanib qoldi.

Men gol urgan vaziyatdan to‘p jarima maydonchasiga yaqin turgan Abbosda edi. O‘ylashimcha, u Anton Zabolotniyga to‘p uzatmoqchi bo‘ldi. Lekin Anton to‘p oshirilgan hududdan ilgarilab ketdi. Men to‘pga tegmasligini aytdim. U pasni o‘tkazib yubordi. Darvoza qarshisida yolg‘iz qoldim.

Fayzullaevga balli. Juda yaxshi ishlayapti va o‘syapti. Kelajagi o‘zining qo‘lida, - dedi Fyohdor Chalov.

25 yoshli Fyodor Chalov TsSKA tarbiyalanuvchisi va hozirgi jamoaning etakchilaridan. Chalov 2015 yildan beri klub tizimida faoliyat yurityapti. Mohir to‘purar orada bir mavsum Shvetsariya chempionatida “Bazel” uchun o‘ynab keldi.

Chalov Rossiya Premer-ligasida jami 176 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 69 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 35 ta golli pas uzatgan.

TsSKAning oxirgi o‘yinida Fayzullaev va Chalov tandemining samarali o‘ynaganini bu klubning sobiq futbolchisi Denis Mashkarin ham ta’kidladi.

- Tan olish kerak, dastlabki yigirma daqiqada TsSKA o‘yinini topa olmadi. “Krilya Sovetov” to‘liq ustunlik qildi va haqli ravishda ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. “Armiyachilar” himoyasi ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydi va darvozani “o‘qqa” tutishga sharoit yaratildi.

Lekin ikkinchi bo‘limda Abbosbeek Fayzullaev va Fyodor Chalovning maydonga tushirilishi vaziyatni tubdan o‘zgartirdi. Bu ikki futbolchi faollikni oshirdi va golli vaziyatlar yarata boshladi. Fayzullaev golli pas oshirdi, Chalov esa bu vaziyatdan ustalik bilan foydalanib, to‘pni darvozabon ustidan oshirgan holda gol urdi, - dedi Denis Mashkarin.

Abbosbek Fayzullaev uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi va bir necha nashrlar tomonidan tur ramziy terma jamoasiga kiritildi.

image_2023-09-17_11-06-47_1

Endi TsSKA futbolchilari Rossiya Premer-ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 24 sentyabr kuni safarda “Rostov”ga qarshi o‘tkazadi.

O‘zbek legioneriga mashhur murabbiy ham tan berdi!

Legioner mana shunday bo‘ladi: Zo‘rligini isbotlash uchun Fayzullaevga 45 daqiqa kifoya qildi!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

Shomurodovdan qanday qilib maksimum foyda chiqarish mumkin?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Зокир
20/09/2023 23:54
МУХЛИСЛАР ФИКРИНИ ЙОЗИЛАР АДМИНЛАР