
Frantsiyada oson bo‘lmaydi: Abduqodir Husanov eng kam - 19 daqiqa o‘ynadi!
Yangi mavsumdan e’tiboran, o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Frantsiya chempionatini alohida e’tibor bilan kuzatadi. Avvallari, hamyurtlarimizning aksariyati Lionel Messi, Neymar, Kilian Mbappe kabi jahon futboli yulduzlari uchun Liga1 o‘yinlarini tomosha qilgan bo‘lsa, endi hammamiz “Lans” tarafdoriga aylanamiz.
Chunki o‘tgan mavsumda PSJdan atigi bir ochko ortda qolib, vitse-chempion maqomini olgan “Lans” O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. 19 yoshli Abduqodir kuchli beshlik ligalariga kiruvchi Frantsiya yuqori divizioniga yo‘l olgan birinchi o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi.
Boshlanayotgan mavsumda “Lans” o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘ygan. Ular milliy birinchilikda chempionlik va Evropa Chempionlar ligasida yuqori natija ko‘rsatishni istayapti. Shu bois, transfer bozorida ancha faol ishlashdi. Ketganlar ham, kelganlar ham ko‘p bo‘ldi.
Yarim himoyachilardan Morgan Gilavogi, Andi Diuf hamda G‘imoyachi Abduqodir Husanov transferlariga lansliklar pul sarfladi. Yana to‘rt nafar yarim himoyachi ham “Lans” bilan hamkorlik o‘rnatdi.
“Lans” o‘z etakchilaridan bir nechtasini sotib yubordi. Jan Onana “Beshiktosh”ga, Seko Fofana “An-Nasr”ga, Loi Openda “Leyptsig”ga transfer qilindi. Yana besh nafar o‘yinchi klub bilan xayrlashib, o‘ziga boshqa jamoa topishiga to‘g‘ri keldi.
Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida bosh murabbiy Frank Xeyz jamoaning o‘yin amaliyotini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. “Lans” futbolchilari jami ettita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Natija chakki emas: ikkita g‘alaba, to‘rtta durang va bitta mag‘lubiyat.
“Lans” vakillari Frantsiya jamoalaridan “Sosho”ni 3:0, “Dijon”ni 2:0 hisobida engdi. Uy uchrashuvlaridan “Dyunkerk” hamda “Amen”ga qarshi bahslar 4:4 hamda 2:2 hisobida yakunlandi. Italiyaning “Torino”si bilan bo‘lgan o‘yinda hisob ochilmadi. Shuningdek, jamoa Germaniyadan “Volfsburg” bilan 1:1 hisobidagi durang bilan qaytdi.
So‘nggi – “Old Trafford”dagi o‘yinda “Manchester Yunayted” futbolchilari “Lans” ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi.
“Lans” safiga oxirigi bo‘lib qo‘shilgan Abduqodir Husanov faoliyatida ilk bor kuchli beshlik ligalarida o‘ynayotgan katta jamoalarga qarshi to‘p tepdi. 19 yoshli himoyachimiz “Volfsburg”, “Torino” va “Manchester Yunayted” futbolchilariga bilan bellashdi.
Biroq, iste’dodli yosh futbolchimiz “Lans” vakillari orasida o‘rtoqlik bellashuvlarida vaqt hisobida eng kam harakat qilgan o‘yinchi bo‘ldi.
“Lans” klubi faoliyatini muntazam yoritib kelayotgan manbalardan biri - https://le11hdf.fr sayti ekspertlari o‘rtoqlik uchrashuvlarda qatnashgan futbolchilarning maydonda o‘tkazgan vaqtlarini hisoblab chiqdi. Eng ko‘p o‘ynagan o‘yinchi sifatida 392 daqiqa harakat qilgan Endi Diuf qayd etilgan. Bu borada eng kamtar ko‘rsatkich Husanovda – 19 daqiqa.
Shunga qaramay, bosh murabbiy Frank Xeyz o‘zbek legioneri juda kam o‘ynagan bo‘lsa-da, salohiyati yuqori ekanini ko‘rsata olganini alohida e’tirof etgani ahamiyatli.
“Lans” futbolchilarining maydonda o‘tkazgan vaqti statistkasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Endi Diuf: 392 daqiqa
- Djonatan Gradit: 382 daqiqa
- Adrien Tomasson: 377 daqiqa
- Florian Sotokava Kevin Danso: 376 daqiqadan
- Andjelo Fuldjini: 358 daqiqa
- Bris Samba va Fakundo Medina: 348 daqiqadan
- David Pereyra da Koshta: 330 daqiqa
- Morgan Gilavogi: 310 daqiqa
- Pshemislav Frankovski: 296 daqiqa
- Salis Abdul Samed: 293 daqiqa
- Steyn Spirings: 287 daqiqa
- Deyver Machado: 273 daqiqa
- Jyulen Le Kardinal: 270 daqiqa
- Massadio Xaydara: 252 daqiqa
- Nil El-Aynaui: 213 daqiqa
- Jan-Lui Leka va Asanda Sishuba: 182 daqiqadan
- Uesli Said: 166 daqiqa
- Nolan Bonte: 163 daqiqa
- Fode Silla: 155 daqiqa
- Ismaelo Ganiu: 123 daqiqa
- Oskar Kortes: 117 daqiqa
- Yannik Pandor: 65 daqiqa
- Lukash Poreba: 25 daqiqa
- Abduqodir Husanov: 19 daqiqa
Frantsiya oliy divizioniga 11 avgust kuni “Nitstsa” va “Lill” o‘yini bilan start beriladi. “Lans” birinchi tur uchrashuvini 13 avgust kuni safarda “Brest” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
“Milan” murabbiyi Shomurodovga e’tibor qaratdi
Rossiyada Fayzullaevni maqtayotganlar ko‘p, lekin ayrimlarga bu transfer yoqmayapti!
Shomurodov “Roma”ga qaytishi uchun Mourino qanday shart qo‘ygan?
Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)
Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!
Shomurodov Evropani zabt etishga yo‘l olgan o‘zbek futbolchisiga katta baho berdi
Bu erda Shomurodov haqida yaxshi gaplar bo‘lyapti
“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?
Fikrlar