Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

  • 6 noyabr, 2023, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha o‘zbek futbolchilariga xizmat ko‘rsatayotgan Prosports Management konsalting kompaniyasi vakili Qahhor Mo‘minov sport24.ru  saytiga bergan intervyusida o‘zbek futbolchilari va ularning xorij ligalarida to‘p tepish imkoniyatlari haqida gapirdi.

— Hozir Rossiya Premer-ligasida besh nafar o‘zbek to‘p tepyapti. Bunaqasi so‘nggi o‘n yilda kuzatilmagan. Yoshlar terma jamoasi bu yil Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar nimaning evaziga qo‘lga kiritilmoqda?

— O‘zbekistonda murabbiylik maktabi saqlanib qolgan. Ota-onalar bolalarni futbol maktabiga olib keladi, murabbiylar eng zo‘rlarini saralab oladi. Bundan tashqari, davlat rahbariyati sport infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratadi.

Odil Ahmedovdan keyin Rossiya chempionatida O‘zbekistondan o‘yinchilar ko‘zga tashlangani yo‘q. O‘z tengqurlari o‘rtasida faqat Eldor Shomurodovni qayd etish mumkin.

photo_2023-11-04_10-32-38

Hozir Rossiyaga iqtidorli yoshlarning yangi avlodi keldi. Bular Hojimat Erkinov (“Torpedo”ga tegishli va “Paxtakor”da ijarada),  “Nijniy Novgorod”dagi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev va uning jamoadoshi – hali keng ommaga tanishtirilmagan, lekin o‘ta iqtidorli hujumchi  Ruslan Jiyanov. Ular bizning mijozimiz.

Shuningdek, “Rubin”dagi Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov, “Alaniya”dagi Husayn Norchaevni ham ta’kidlab o‘tmoqchiman.

Ular orasida eng yorqin talant – Abbosbek Fayzullaev. U joriy yil yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirov etildi.

Bu ro‘yxatga Baxtiyor Zaynutdjinovni ham qo‘shaman. Unda Qozog‘iston pasporti borligiga qaramay, Baxtiyor etnik o‘zbek.

— Salbiy holatlar ham bo‘lgan-ku.

— Oston O‘runov va Jasur Jaloliddinov. Ostonga xarakteridagi ayrim jihatlar xalaqit qildi. Jasur agentlari faoliyatini noto‘g‘ri rejalashtirgani bois o‘zini ko‘rsata olmadi. Aytgancha, Jaloliddinov agentlarini almashtirdi.

Qolgan yigitlarda xuddi biz – o‘zbek futbolchilari transferlari bilan shug‘ullanayotganlar singari mas’uliyat hissi yuqori.

— Aytishlaricha, o‘zbek futbolchilarining jismoniy ko‘rsatkichlari sababli Rossiya Premer-ligasiga kam olishar ekan.

— Avval Eldor Shomurodovni ham olishlari uchun klublarni ko‘ndirish kerak edi. Hozir boshqacha. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Toshkentda bo‘lgan Osiyo chempionatida bizning atrofimizda “Torino”, “Bavariya”, “Vulverxempton”, TsSKA, “Krasnodar”, “Alaniya” va boshqa ko‘plab klublar skautlari futbolchilarni kuzatib o‘tirdi.

Rossiyalik hamkasblarimiz o‘zbek futbolchilarining kuchayib ketganidan hayratlandi. Bu o‘yinchilar boshqalardan umuman qolishmaydi, taktik jihatdan aqlli, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida ekan, deyishdi.

IMG_4307

Tabiiyki, hatto Abbosga ham moslashish davridan o‘tishga vaqt kerak. TsSKAdagilar buni tushungan holda Fayzullaev bilan ishlayapti.

O‘zbek o‘yinchilar Rossiya Premer-ligasiga Evropaga yo‘l ochadigan ko‘prik sifatida qabul qiladi va o‘ziga joy ochish uchun kurashga tayyor.

Futbolchilarimizni “Bavariya” skautlari kuzatdi...

Fayzullaev: Boshida meni ortga qaytarib yubormoqchi bo‘lishgan edi...

Shomurodov boshqa ligaga o‘tishi mumkin

Fayzullaev Portugaliya, Nidelandiya grandlari, turklar va arablar takliflarini qabul qilmadi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

Fayzullaev meni qattiq xafa qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
04/11/2023 20:20
Мактаблар бор, истедодлар хам бор. Коррупсия бор экан хаммаси бир тийин. Оғзини кўпиртириб мақтаганлар ўзини кимлигини ошкор қилябди холос.