Gol urgan Shomurodov haqida ustozi nima dedi?

  • 14 sentabr, 09:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov nihoyat Turkiya Superligasida ham gollar hisobini ochgani o‘zbekistonlik muxlislarni quvontirdi.

Tecno

“Roma”dan keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olingan 30 yoshli hujumchi “Istanbul Bashakshexir”ga o‘tganidan beri muntazam maydonga tushib kelayotgan edi. Bungacha UEFA Konferentsiyalar ligasida oltita uchrashuvda bitta samarali pas uzatgan hamyurtimizning yangi jamoasida debyut golini urish uchun to‘qqizta o‘yin kerak bo‘ldi.

Turkiya chempionatining beshinchi turida “Bashakshehir” juda kuchli raqib – “Beshiktosh” maydoniga safar qilishiga to‘g‘ri keldi.

“Istanbul Bashakshehir” rahbariyati jamoani mavsumga tayyorlagan Chag‘dash Atanni iste’foga chiqarib yuborgan edi. Endi uning o‘rnini nemis futbolida nom qozongan sobiq futbolchi Nuri Shaxin egallaydi.

Klubdagi o‘zgarishlar tufayli “Bashakshehir”ga qisqa muddat klubning rejalashtirish va strategiya bo‘limi direktor Marko Petstsayuoli shug‘ullantirdi.

“Bashakshehir”ning raqib maydonidagi o‘yini jamoaga mahoratli murabbiy etishmayotganini ko‘rsatdi. Jamoa bahsning 71-daqiqasida Eldor Shomurodovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi. Biroq hatto durang natijani ushlab qolishga yaramadi. Mezbonlar so‘nggi daqiqalarda g‘alaba to‘pini ham kiritishni uddaladi va “Beshiktosh” 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan keyin Marko Petstsayuoli quyidagicha fikr bildirdi.

- Bu ergacha etib kelish oson bo‘lgani yo‘q. Biz faqat ikki marta mashg‘ulot o‘tkazdik. Xalqaro tanaffusda o‘z terma jamoalariga borib kelgan futbolchilar orasida jarohat olganlari ko‘p bo‘ldi. Shu bois, biz 11 kishi bilan mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Lekin o‘yinchilarning jangovar rruhini saqlab qolishga urindik.

Men biz ochko olishga munosib o‘ynadik, deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, natija esa biz kutgandek bo‘lmadi. Qarshi hujumlardan unumli foydalana olmadik. Qulay vaziyatlar yaratilganda o‘yinda ijobiy kecha boshlaydi.

Ikkinchi bo‘lim ancha barqaror o‘tdi. Standart vaziyatlardan samara chiqarishga urinib ko‘rdik. Umuman olganda biz o‘yin amaliyoti etishmagani uchun mag‘lub bo‘ldik.

Eldor Shomurodov birinchi golini urdi va men bundan juda xursandman. Bu goldan keyin Shomurodovning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshadi.

Endi yangi bosh murabbiy Nuri Shaxin qo‘l ostida “Istanbul Bashakshehir” yanada ijobiy o‘ynab, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritadi, - dedi Marko Petstsayuoli.

“Istanbul Bashakshehir” Turkiya chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 21 sentyabr kuni o‘z maydonida “Antalyaspor” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 

Gvardiola Husanov borasida yakuniy qarorga keldi

Rossiyada Fayzullaevni eslab qolishdi...

Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi

Kutib oling, Husanov keldi!
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...

EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!

Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”

Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!