Golga sababchi bo‘lgan Shomurodovning “Yuventus”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

  • 12 noyabr, 2023, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 12-turida “Kalyari” futbolchilari Turinda “Yuventus” mehmoni bo‘ldi. Klaudio Raneri shogirdlari chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga roppa-rosa bir soat jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Keyin o‘n daqiqa ichida ketma-ket ikkita to‘p o‘tkazib yubordi.

Tecno

Eldor Shomurodov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shundan so‘ng, “Kalyari” hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. Sardiniyaliklar Turinda bir ochkoni qo‘lga  kiritish uchun oxirigacha kurashdi. Biroq mezbonlar bunga yo‘l qo‘ymadi.

GettyImages-Shomurodov-Cagliari-1000x600

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://www.tuttomercatoweb.com sayti “Kalyari” futbolchilarining o‘yinini quyidagicha baholadi.

Skaffet 6:

Darvozabon yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘lim boshida Federiko Kezaning xavfli zarbasini bartaraf qildi. Biroq ikkita gol kiritilgan vaziyatda jamoasini qutqara olmadi.

Dzappa 6:

Ancha faol o‘ynadi. “Yuventus” vakili Kostichga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Dossena 6,5:

Bir soat davomida raqib hujumchilarini bexato yopdi. Lekin 60-daqiqada gol urgan Gleyson Bremerga to‘sqinlik qila olmadi. 75-daqiqada burchak zabasidan keyin boshi bilan gol urib, aybini yuvdi.

Goldaniga 6:

O‘yin davomida Goldaniga “Yuventus” futbolchilariga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq standart vaziyatlarda turinliklarga bas kelolmadi.

Aujello 6:

Asosan raqib futbolchisi Andrea Kambyasoni yopish bilan ovora bo‘ldi.

Makumbo 5,5:

To‘pni yaxshi nazorat qila olmadi. Maydon markazida to‘pni ko‘p yo‘qotdi.

Prati 5,5:

Turinliklar bosimi ostida qolib ketdi. Ayrim holatlarda raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Yankto 6:

Asosan o‘ng qanotdagi ustunlikni ta’minlashga harakat qildi.

Viola 6,5:

 Tezkor va kuttlmagan harakatlari bilan “Yuventus” futbolchilarini ancha qiynab qo‘ydi. 67-daqiqada o‘rini Oristanioga bo‘shatib berdi.

Oristanio 6:

Jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qildi.

Luvumbo 5.5:

Har doimgidek tezkor harakatlari bilan raqib darvozasiga xavf solishga urindi. Ammo uning bu usuli “Yuqentus”ga qarshi ish bermadi. Natijada o‘rnini 71-daqiqada Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Shomurodov 6:

O‘zbek hujumchisining o‘yinga qo‘shilgani hujumkorlikni oshirdi. Shomurodov “Kalyari”ning javob goli urilgan vaziyatda burchak zarbasi ishlab oldi. Jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarish uchun faol harakat qildi. Bir necha marta tezkor qarshi hujumlar uyushtirdi.

Petanya 6,5:

Birinchi bo‘limda hujum chizig‘ida rang-baranglikni ta’minlab berdi. Lekin uchrashuvni oxirigacha o‘tkaza olmadi. Murabbiylar shtabi ikkinchi bo‘limda Andrea o‘rniga Lapadulani maydonga tushirdi.

Lapadula 6:

O‘tgan mavsum to‘purari kurashga yaxshi qo‘shildi. Lekin unga gol urish uchun to‘p oshiradigan o‘yinchi topilmadi.

Raneri 6:

Klaudio Raneri shogirdlari bir soat davomida kuchli raqib bosimiga turib berdi. Ikkita gol o‘tkazganiga qaramay, “Kalyari” vakillari oxirigacha kurashdi. Raneri jamoa o‘yinini kuchaytirgan o‘zgarishlar qila oldi.

WEB365_20231110110354727_82775016275dbe230ee3653f850aa129-min

“Kalyari” futbolchilari 13-tur uchrashuvini 26 noyabr kuni o‘tkazadi. Raneri shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Montsa” jamoasini qabul qiladi.

Fayzullaevni 30 million evroga sotinglar...

Fayzullaev bo‘lmaganida hujumchilarimiz to‘p kelishini kutib o‘tirardi...

Fayzullaevni olib ketishadi! TsSKA muxlislari Abbos haqida yana nimalar deyapti?

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)

Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!