
Husanovning Evropa ligasidagi debyuti qanday bahodandi?
Abduqodir Husanov Evropa kuboklarida ishtirok etayotgan yagona o‘zbek futbolchisi bo‘lib turibdi. O‘tgan yili yozda Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga qo‘shilgan hamyurtimiz joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasida debyutini nishonlagan edi.
“Lans” futbolchilari “ko‘hna qit’a”ning eng muhim turnirida guruh bosqichidan o‘ta olmadi va uchinchi o‘rin sohibi sifatida nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan Evropa Ligasida davom ettirish kurashish imkoniga ega bo‘ldi. Buning uchun lansliklar o‘tish o‘yinlarida muvaffaqiyat qozonishi lozim.
O‘ziga xos pley-offda “Lans”ga Germaniyaning o‘rtamiyona jamoalaridan “Frayburg” ro‘baro‘ keldi. Frantsiyada o‘tkazilgan birinchi uchrashuvida mezbonlar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, bellashuvda hisob ochilmay qoldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etgan Abduqodir Husanov “Lans” tarkibiga qo‘shilgan bo‘lishiga qaramay, klubida yangi yilda hali birorta uchrashuv o‘tkazmagandi.
“Lans” bosh murabbiyi Frank Xeyz o‘zbek legionerini “Frayburg”ga qarshi bahsning 88-daqiqasida maydonga tushirdi. Shu tariqa, Husanov bir mavsum ichida Evropa ikki nufuzli turniri – Evropa Chempionlar ligasi va Evropa Ligasida debyut qilgan o‘zbek futbolchisi sifatida tarixga kirdi.
Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Frank Xeyz va “Lans” muxlislari Abduqodir Husanovning qisqa vaqt, lekin ishonchli o‘yini bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari bildirdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga legionerimiz haqidagi fikrlarni havola etadi.
Frank Xeyz, “Lans” bosh murabbiyi:
Hujum uyushtirish borasida har doim ham yaxshi o‘yin ko‘rasata olmadik. Ayrim o‘yinchilar o‘zini kutilgan darajada ko‘rsata olmadi. Endi Diuf juda ko‘p texnik xatoga yo‘l qo‘ydi. Maydonga Anjelo Fuljini va Uesli Saidning tushirilishi so‘nggi daqiqalarda ustunlik qilishimizni taminladi. Biz raqibga bosimni kuchaytirdi. Uesli Said Abduqodir Husanov uni qulay pozitsiyaga chiqarganida aniqroq o‘ynashi kerak edi, lekin u g‘alaba keltirishi mumkin bo‘lgan vaziyatni qo‘ldan boy berdi.
Moreira_du_63, “Lans” muxlisi:
Bu o‘yinda Uesli Said zo‘r imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Said o‘yin oxirida Abduqodir Husanov yordamida birinchi golini urishi mumkin edi. Afsuski, u ishonchimizni oqlay olmadi.
Tintin80, “Lans” muxlisi:
Javob uchrashuvida Kevin Danso qatnashmaydi. Uning o‘rnini faqatgina Abduqodir Husanov bosishi mumkin. Dastlabki bahsda Danso himoyada juda zo‘r o‘ynadi. Yaqin kelajakda o‘zbek futbolchisi unga munosib o‘rinbosar bo‘la oladi.
Polo5906, “Lans” muxlisi:
“Frayburg” maydonida bo‘ladigan javob bellashuvida Kevin Danso bizga yordam bera olmaydi. U sariq kartochkalar to‘planib qolgani uchun bitta uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Men unga o‘rinbosar sifatida faqat Husanovni ko‘ryapman. Abduqodir keyingi bahsda himoya markazini ushlab berishi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Frayburg” va “Lans” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 22 fevral kuni Germaniyada tashkil etiladi.
Fikrlar