“Jenoa”: Bu hujumchi o‘zimizda qolishi kerak!

  • 15 iyul, 2021, 05:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropaning kuchli beshlik chempionatlari sirasiga kiruvchi A Seriyaning navbatdagi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan “Jenoa” klubi ham transfer bozorida ishtirok etmoqda. Yozgi transferlar davrida tarkibda ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy.

Sports.uz sayti e’tiboringizga “Jenoa” atrofidagi transfer ma’lumotlarini havola etadi. Marahamat tanishing:

Pandev hamon tetik!

Genuyaliklar yarim himoyachisi Franchesko Kassata jamoaning “qariya” hujumchisi Goran Pandevdan kelasi mavsumda ham ajoyib o‘yin kutayotganini yashirmadi. Ko‘pchilik 38 yoshli Pandev faoliyatini yakunlashini kutmoqda. Kassata esa, tajribali hujumchi “Jenoa” sharafini himoya qilishga tayyorligini bildirdi.

- Biz ham Pandevning qolishidan umidvormiz. U maydonda otamizek bo‘lib qolgan. Yoshlarga ajoyib maslahatlari bilan katta yordam beradi, u biz uchun haqiqiy tayanch. Biz uni kelasi mavsumda ham urgan golidan keyin quchoqlashni istaymiz. Goran yana bir yil muxlislarni xursand qilishga tayyor, - dedi Franchesko Kassata.

960-600-goran-pandev

Kolumbiyalik futbolchi Genuyadan ketmoqchi

“Jenoa”ga “Fiorentina”dan taklif etilgan kolumbiyalik yosh yarim himoyachi Kevin Agudelo o‘tgan mavsumda “Spetsiya” sharafini himoya qilgan edi. U mazkur jamoa safida A Seriyada jami 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol ham urdi.

Kevin Genuyaga ijaradan qaytgan bo‘lsa-da, “Jenoa”dan tezroq ketmoqchi. Yosh yarim himoyachi maydondagi o‘rni kafolatlangan “Spetsiya”ga qaytib borishni rejalashtirgan.

1573475282_815207_1573475340_noticia_normal

Shomurodovga Argentinadan o‘rinbosar keladi

“Jenoa” o‘tgan mavsum oxirida jamoaning asosiy to‘purariga aylagan Eldor Shomurodovni uzoq ushlab turmaydi. Genuyaliklar hozirdan legionerimiz o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirmoqda.

Ayni paytda ular argentinalik 20 yoshli hujumchi Pedro dela Vegaga og‘iz solmoqda. O‘z yurtida “Lanus” jamoasi sharafini himoya qilayotgan yosh iste’dodi egasi Evropaning boshqa klublari e’tiborini ham qozongan.

Pedro-De-La-Vega

U “Jenoa”dan raqib tomonga o‘tdi

Mavsumni ijara asosida “Jenoa”da yakunlagan Kevin Strootman “Kalyari” safiga qo‘shildi. Gollandiyalik yarim himoyachi yangi jamoasi haqida iliq fikrlar bildirdi.

- Bu jamoada hamma narsa men uchun yangi. Shunga qaramay, men xotirjamman. O‘tgan mavsumda bu jamoaning o‘yinchilarini to‘liq ko‘rganim yo‘q. Lekin “Kalyari” kuchli futbolchilardan tarkib topganini bilaman. Ular bilan ko‘p narsaga erishish mumkin va men ham yordam berishni istayman, - dedi Kevin Strootman.

78485_7f3eqmj

Bu futbolchi Eldorga o‘rinbosar emas, raqobatchidir!

Italiyada tug‘ilgan ganalik Kaleb Ekuban bir necha yil xorij chempionatlarida to‘plab, yana ortga aytishga qaror qildi.

Bu futbolchi 2012-2017 yillar davomida Italiyaning quyi ligadagi turli jamoalarida to‘p tepganidan keyin ancha taniqli klublarga o‘tdi. Albaniyaning Partizani jamoasida to‘purarlik mahoratini namoyish etgan Kaleb “Lids”ga taklif  etildi. Keyinchalik Turkiyaning “Trabzonspor” klubidan qo‘nim topdi.

Caleb-Ekuban-768x482

Endi Ekuban Italiyada “Jenoa” safiga qo‘shilmoqchi.

Shomurodov qaysi top-klubga o‘tmoqchiligini aytdi!

Hamma ham Shomurodov bo‘lolmaydi!

Shomurodov “Shtutgart”ga o‘tmagani sababi ma’lum bo‘ldi

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!