Mag‘lubiyatda faqat Shomurodovni ayblash adolatdanmi, janob Mourino?

  • 11 yanvar, 2022, 07:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mavsum boshida kutilgan ishonchlarni oqlay olmadi. Avvaliga ketma-ket g‘alabalarga erishgan jamoa sekin-asta avvalgi holiga qaytdi. Katta umidlar bilan olib kelingan Joze Mourino ham, uning talabi bilan qayta tuzilishi davom etayotgan tarkib ham yuqori marralar uchun kurashishga ojizlik qilayotgani yaqqol sezilib qolmoqda. To‘g‘ri, ba’zan Rim futbolchilari yorqin o‘yin ko‘rsatgan uchrashuvlar ham bor, lekin ular kam, maqsad yo‘lida etarli emas.

Tecno

“Milan”dan alamli mag‘lubiyatga uchragan Joze Mourino “Olimpiko”dagi uchrashuvda “Yuventus”ni tiz cho‘ktirib, rahbariyat va muxlislar oldida o‘zini oqlab olishni mo‘ljallagan edi. Boshida hammasi rejadagidek ketdi, 70-daqiqagacha turinliklarni chilparchin qilib turgan “Roma” ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edi.

Grand klublarning “Roma”dan farqi shundaki, ular nechta to‘p farqi bilan ortda qolayotganiga qaramay, oxirigacha kurashadi va mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantirishga qodir. “Yuventus” futbolchilari ana shu hal qiluvchi harakatni boshlaganida Joze Mourino maydonga Eldor Shomurodovni tushirdi. O‘zbek legioneri o‘yinga bevaqt qo‘shilib qoldi xolos.

Bahs oxirigacha yana uchta to‘p o‘tkazib, 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragan “Roma” bosh murabbiyi bellashuvdan keyin mag‘lubiyatga Eldorni aybdor qilib ko‘rsatdi.

roma-juventus-3-4-thriller-pe-olimpico-echipa-lui-mourinho-a-incasat-3-goluri-in-7-minute_3

- 70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik ro‘y berdi. Afena-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi, lekin uni almashtirgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi. U maydonga tushgan ilk daqiqadan xato qila boshladi. Raqib hisobni 3:2 ga qisqartirganida biz tamom bo‘ldik. Turin klubi kuchli xarakterga ega jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi.

Mag‘lub bo‘layotgan paytingizda, oyoqqa turishingiz va xarakter ko‘rsatishingiz zarur. Ammo bizda  juda bo‘sh va zaif insonlar bor, - dedi Joze Mourino.

Uchrashuvni tahlil qilayotgan mutaxassislar portugaliyalik murabbiyning bergan bahosiga qo‘shilmadi. Har ikki jamoa bosh murabbiylarining qo‘llagan taktikasiga e’tibor qaratgan www.calciomercato.com nashri Massimiliano Allegri o‘yinni o‘z foydasiga hal qilishda Mourinodan ustun ekanini yozmoqda.

Mazkur sayt Mourinoning qarorlari va harakatlariga kuyidagicha izoh berdi:

Mourino mag‘lubiyatga jo‘yali asos topa olgani yo‘q. “Roma” futbolchilarining kuchli klublar oldida o‘zini ojiz sanashi avvalgi bosh murabbiy Paulu Fonsekadan meros qolgan. Agar bosh murabbiy almashsa-yu, lekin futbolchilarning psixologiyasi o‘zgarmasa, bu aslida kimning muammosi ekanini hamma biladi.

Mourino mag‘lubiyatga aybdor sifatida Shomurodovni barmoq bilan ko‘rsatgunicha, ko‘plab muammolarni echishi kerak edi.

Joze Feliksning zo‘r o‘yini evaziga jamoa 3:1 hisobida yutib turganida Shomurodovni o‘yinga qo‘shib, uni yomon himoyalanganlikda ayblamoqda. Xo‘sh, jamoasi oldinda borayotgan Mourino g‘alabani ushlab qolish va himoyadagi teshiklarni yopin uchun nega asl himoyachi Marash Kumbullani maydonga tushirmadi? Yoki himoyalanishda o‘zbek hujumchisidan ustun bo‘lgan himoyachi Rikkardo Kalafori xizmatidan foydalanmadi?  

Bunga sabab bitta. Massimiliano Allegri taktik o‘zgartirishlar kiritib, Mourinoni chalg‘itib qo‘ydi. U maydonga Alvaro Morata va Arturni tashladi, Manuel Lokatellining  vazifasini o‘zgartirdi va shu tariqa jamoasining ustunligini ta’minladi.

Shuningdek, tajribali Allegri “Roma” o‘yinchilarining individual xatolarining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan jamoaviy kamchiliklarga bosim qilish orqali o‘z maqsadiga etdi.

Joze Mourino esa, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani uddalash uchun hali ancha mashaqqatli mehnat qilishi va ko‘plab kamchiliklarga oqilona echim topishi talab etiladi.

GINO3357

Darhaqiqat, “Roma” mavsum o‘rtasiga kelib, katta ehtimol bilan, birinchi maqsadi – chempionatni kuchli to‘rtlikda yakunlab, Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.

Endi Joze Mourino o‘zini xotirjam qilishi, rahbariyat va muxlislar ishonchini qaytarish uchun Konferentsiyalar ligasining bosh sovrini yutishiga to‘g‘ri keladi.

“Roma”ning yangi futbolchisi rosa maqtanchoq chiqib qoldi!

Mourinoning muammosini Shomurodov hal qilib beradi!

“Roma” katta transferni uddaladi va yangi yulduzning debyuti aniq!

“Roma”da yaxshi yangilik!

“Roma” tez orada katta transferni e’lon qiladi

Yangi yilning birinchi golini Shomurodov urishi kerak yoxud “Milan” – “Roma” bahsiga oid 11 fakt

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek lets play
10/01/2022 23:28
Чича олмасаям Елдор айбдор
&
Абдурахмон лидер
10/01/2022 22:32
Жаноб Мауринио тактика килишни билмаса кайси уйинчини канака вактда каерга куйишни билмаса Шомуродовда нима айб. Элдор юртдошимиз булганлиги учун эмас бегона булганида хам тренер нохак эканлиги яккол куриниб турибдику. Шомуродов марказий хужумчи. Майлин у канотда хам уйнаши мумкин. Лекин бечора химояда юрибдику ж. Маурни курсатмаси билан
10/01/2022 23:35
Eldor faqatgina nomi bor o'zi qovoq kalla, davri o'tgan murabbiyni qo'lida yimagan oshiga pul to'lab yurganidan kura Jenoaga qaytib o'zini ko'rsatishi kk. Chunki Eldor kamida Arsenalni darajasidagi fudbolchi....
Baxil Alihuja
11/01/2022 17:38
Элдор тушишидан бироз аввал хисоб 3-2 булган эди. Элдор тушмаганда хам, 3-4 булар эди, хатто йирикрок хам булиши мумкин эди. Чунки моур ишонаётган феликс ювентусдаги узгаришлардан кейин, Мората ва Артурга ютказиб булган эди. Агарда уйин бошидан Элдор феликсни урнида тушганда у хам щундай яхши уйнаб турган булар эди. Уйин кахрамони Мората булди ва Мората Жозедан акллирок мураббий кулида уйнагани учун Элдордан хам, Феликсдан хам кучли куринди.