
Mourino bilan urishib qoldik!
Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Oltin to‘p” sovriniga asosiy da’vogar hisoblangan Karim Benzema “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Real”ni boshqargan paytda ustozi bilan urishib qolganini aytib berdi.
- Joze Mourino bilan o‘rtada muammo bor edi. Biz mehmonxonada uchrashib, “Malorka” bilan o‘yindan oldin gaplashdik. Biz urishib qoldik. O‘shanda unga: “Ertaga boshlang‘ich tarkibda o‘yinga tushaman, gol uraman va g‘alaba qozonaman”, dedim. Ertasiga men o‘yinda gol urdim va biz 1:0 hisobida zafar quchdik, - dedi "Qirollik klubi" hujumchisi Karim Benzema.
Joze Mourino “Real”da 2010-2013 yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. Portugaliyalik mutaxassis madridliklar bilan Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi g‘olibi bo‘lgan.
Karim Benzema yakunlangan mavsumni juda yuqori saviyada o‘tkazganini ta’kidlash lozim. Frantsiyalik futbolchi 46 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qildi, jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi.
Frantsiyalik hujumchining katta yordami bilan “Real” Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida bosh sovrin sohibi bo‘ldi.
“Roma” kuchli o‘yinchi olmoqchi
Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yozgi transferlar vaqtida “Atletiko” yarim himoyachisi Rodrigo De Paulni o‘z jamoasiga qo‘shib olmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis tajribali yarim himoyachi tez orada Rimdan ketishi kutilayotgan Genrix Mxitaryanga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.
“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa etakchilaridan hisoblangan argentinalik o‘yinchini qo‘yib yubormoqchi emas. Qolaversa, 28 yoshli o‘yinchining yana to‘rt yillik shartnomasi bor.
Madrid klubi bu futbolchini o‘tgan yili “Udineze”dan 35 million evroga sotib olgan edi. Agar Rodrigoning o‘zi A Seriyaga qaytishni istasa, unga “Roma”, “Napoli” va “Inter” o‘z safidan joy berishga tayyor.
Buning uchun Italiya klublari 40 million evrodan ko‘proq mablag‘ tikishiga to‘g‘ri keladi.
De Paul Ispaniya chempionatidagi debyut mavsumida 48 ta uchrashuvda to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Mourino, istaganingni tanlab ol!
“Roma” yozda htimoyachi Rik Karsdorpga o‘rinbosar olishni istayapti. Niderlandiyalik futbolchi mavsum davomida barqarorlikni saqlab qololmayapti va og‘ir o‘tishi uchun kutilayotgan kelasi mavsumda uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchiga ehtiyoj tug‘ilyapti.
Rim klubida transferlarga mas’ul bo‘lgan sport direktori Tyagu Pinto bosh murabbiy Joze Mourinoga uch himoyachi nomzodini tavsiya qilmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Tyagu Pinto bu ro‘yxatga “Arsenal”ga tegishli bo‘lgan Ektor Belerin, “Manchester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan Aaron Van-Bissaka va “Lill” vakili Mehmet Zeki Chelikni kiritdi.
Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarga Evropaning bir necha klublaridan qiziqish borligi aytilmoqda.
Ana xolos! “Roma” mavsum qahramonini sotadigan bo‘ldi!
Mourino Ronaldu transferiga qarshi, unga Shomurodov kerak!
Shomurodov haqiqiy jangchi, lekin...
To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?
Legionerlarimiz “yorvordi”: Debyut, assist va uchta gol!
“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!
Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!
Fikrlar