O‘zbekiston, mudialda raqiblardan qo‘rqmay o‘yna!

  • 10.12.2025 06:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol

O‘zbekiston futbolchilari 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan barcha terma jamoalar qatori bo‘lajak mundialga puxta tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.

Jahon  chempionati tashkilotchisi FIFA musobaqaga qur’a tashlash marosimini o‘tkazganidan keyin ishtirokchilarning imkoniyatlari tahlil qilinmoqda.

AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlari mezbonlik qiladigan mundialda ilk bor qatnashadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhda Kolumbiya va Portugaliyaga to‘qnash keladi. Uchinchi raqib pley-off o‘yinlaridan keyin ma’lum bo‘ladi.

Rossiyaning Okko striming servisi sharhlovchisi Elvin Kerimov o‘zbek futbolchilarining yozda bo‘ladigan futbol olamining eng yirik va nufuzli turnirida ishtirok etishiga o‘z munosabatini bildirdi.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi guruhi oson emas. Portugaliya va Kolumbiya — top-jamoalar.

Yana bir raqib Yamayka, Yangi Kaledoniya va Kongo Demokratik Respublikasi o‘rtasidagi pley-offda aniqlanadi.  Bu variant biroz engildek ko‘rinsa-da, baribir guruh og‘ir va qur’a yanada  omadliroq kelishi mumkin edi.

Shunga qaramay, eng muhimi –  turnirdan zavq olish, o‘zini jahonga namoyish etish va o‘z uslubida o‘ynashga harakat qilishdir.

O‘zbekistonlik o‘yinchilarda katta motivatsiya bor, murabbiylar shtabda ham shunday. Fabio Kannavaro uchun bu bosh murabbiy sifatida birinchi yirik turnir.

O‘zbekiston munosib o‘ynashga qodir, muhim jihati – raqiblardan qo‘rqmaslik, ishonch bilan harakat qilish va o‘z uslubini saqlab qolish. Bunday qisqa va yirik turnirda bu omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega, - dedi Elvin Kerimov.

Eslatib o‘tamiz, qur’a natijalariga ko‘ra, “K” guruhidan joy olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi debyut uchrashuvini 18 iyun kuni eng kuchli terma jamoalardan hisoblangan Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bu uchrashuv Meksikada tashkil etiladi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari alohida qiziqish bilan kutayotgan Portugaliya terma jamoasiga qarshi ikkinchi tur uchrashuvi 23 iyunga belgilangan. Guruhdagi so‘nggi bahs – 27 iyunda pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tgan terma jamoa bilan bo‘ladi. Bu ikki o‘yin AQSh stadionlarida bo‘ladi.

Vinisius, Husanovdan o‘tolmaysan!

“Real”, Husanovni kutib ol!

Husanovni “Real”ga qarshi o‘ynat! Gvardiolaga shunday talab qo‘yildi

Husanov “JCh-2026”ni boshlamay turib rekord o‘rnatdi!

O‘zbekiston qatnashadigan “JCh-2026”da yangicha qoida amal qiladi

Husanovga yo‘q joydan imkoniyat paydo bo‘ldi

O‘zbekiston mundialda qattiq jang qiladi, lekin..

Shomurodov va Fayzullaev murabbiy iste’fosiga “sababchi” bo‘ldi

Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
10/12/2025 10:38
Шу хам мухим хабарми намунча савияларинг паст булмаса, фолбинларга ухшайсизлар