
O‘zbekiston himoyasini mustahkam ushlab turgan Husanovning o‘yini Evropada qanday baholanyapti?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda. Futbolchilarimiz Osiyo mintaqasi saralash turnirining uchinchi bosqichida to‘rtta uchrashuvdan keyin Eron bilan bir xil – o‘ntadan ochko jamg‘argan holda peshqadamlikni saqlab turibdi.
Milliy terma jamoamiz oktyabr oyidagi FIFA kunlarila guruhdagi asosiy raqiblari – Eron va Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilariga qarshi ikkita juda qiyin va muhim uchrashuvni o‘tkazdi. Forslar bilan ochko bo‘lishgan bo‘lsak, arablar taslim qilindi.
E’tiborga molik jihati bu uchrashuvlarda terma jamoamiz o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bunda Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoyachilarimizning ishonchli o‘yini muhim ahamiyat kasb etdi.
Eron va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari bilan bo‘lgan bellashuvlarda Abduqodir Husanov bir necha vaziyatda raqiblarning tezkor hujumchilarini to‘xtatib qolishga, yuqoridan kelgan to‘plarni qaytarib yuborishga, himoya chizig‘ida juda tartibli o‘yin namoyish qilishga erishdi.
Frantsiya futbolini yoritayotgan nufuzli manbalar Abduqodir Husanovning o‘yiniga o‘z munosabatlarini bildirdi.
Sports.uz portali ana shu manbalarning 20 yoshli legionerimiz o‘yiniga bergan bahosini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan “Lans” futbolchisi Abduqodir Husanov g‘alaba nashidasini surdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri uchinchi bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. G‘alaba keltirgan gol 76-daqiqada Otabek Shukurov tomonidan penaltidan kiritildi.
“Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov bu uchrashuvda ham ishonchli o‘ynab, juda yaxshi taassurot qoldirdi.
Bu muvaffaqiyatdan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘rtta uchrashuvda o‘nta ochko jamg‘arib, peshqadamlik mavqeini saqlab turibdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirining to‘rtinchi turida o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turgan Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bilan kuch sinashdi.
Jamoalar tanaffusga hisob ochilmagan vaziyatda chiqib ketdi. Muvozanatni 76-daqiqada 11 metrlik belgidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochgan Otabek Shukurov buzdi.
Husanov bu bahsda ham ishonchli o‘yin namoyish qilib, terma jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.
Eslatib o‘tamiz, gurahda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Qatar va Shimoliy Koreya futbolchilari bilan raqobatlashib, ochkolari sonini oshirishga harakat qiladi.
Ta’kijlash joizki, Abduqodir Husanov 2023 yilning iyun oyidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Legionerimiz hozirga qadar xalqaro miqyosda 16 ta uchrashuvda ishtirok etgan.
Shomurodovning o‘yini va O‘zbekistonning muhim g‘alabasi Evropada qanday baholandi?
Narxi 5 million evroga etgan Husanov qachon grand klubga o‘tadi?
Xunuk xabar, Fayzullaev katta yo‘qotish!
Shomurodov o‘rniga uch hujumchi!
TsSKA Fayzullaevning jarohatiga qanday munosabat bildirdi?
Fikrlar