Qozog‘istonning eng zo‘r to‘purari Zaynutdinov nega O‘zbekistonni tanlamagan?

  • 13 noyabr, 2023, 08:02
  • 3
  • Futbol

Bugungi kunda Qozog‘istonning eng mashhur futbolchisi Baxtiyor Zaynutdinov hisoblanadi. Faoliyatini “Taraz” jamoasida boshlab, “Astana” bilan mamlakat chempionatida g‘olib chiqqan futbolchi 2019 yili “Rostov”ga ko‘chib o‘tdi.

Keyinchalik TsSKA taklifini qabul qilgan Baxtiyor o‘tgan yozdan e’tiboran Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasida to‘p tepmoqda.

photo_200394

Youtube ijtimoiy tarmog‘idagi “Sport Shredingera” kanali Baxtiyor Zaynutdinov O‘zbekiston o‘rniga Qozog‘iston terma jamoasini tanlagani haqida ma’lumot berdi. Bu haqda Sports.kz sayti ham xabar tarqatdi.

Baxtiyor Zaynutdinov “Taraz” o‘rinbosarlari jamoasida emas, balki O‘zbekistonda paydo bo‘lishi ham mumkin edi.

Taraz shahridagi musobaqalarga “Paxtakor” va “Bunyodkor” kabi klublarning o‘smirlar jamoalari tez-tez kelib turadi. Baxtiyor bu jamoalar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lsa-da, ularning safiga qo‘shilmadi.

Fuqarolikni tanlashda oilaviy muhokamada buvisi Muhabbatning so‘zi hal qiluvchi bo‘ldi. U Baxtiyorning O‘zbekistonga o‘tishiga qarshi edi. 

Muhabbat buvi hali hamon nabirasining o‘yinlarini kuzatib keladi. U Karpin va Goncharenko bilan ham muloqot qilgan, - deydi “Sport Shredingera” kanali muallifi.

Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan iste’dodli futbolchi etnik o‘zbeklardan. Buni jurnalistlarga uning otasi Botirjon Zaynutdinov ma’lum qilgan.

- Biz etnik o‘zbeklarmiz. Lekin Qozog‘istonning Taraz shahrida tug‘ilganmiz. Bobomning otasi bu erlarga Namangandan ko‘chib kelgan. Hayotimiz futbolga bog‘langan. Men o‘zim salomatligim tufayli to‘p tepmaganman. Shunday bo‘lsa-da, ashaddiy muxlislardanman. O‘g‘illarimning hammasi futbolchi. To‘ng‘ich farzandim Bobir darvozabon bo‘lgan. Jarohat tufayli futbolchilik faoliyatini erta tugatdi. Shifokorlar shuni talab qilishdi. Hozir “Taraz” akademiyasida murabbiy. Kenja o‘g‘lim Bahrom “Taraz” o‘rinbosarlari safida o‘ynaydi. O‘rtanchasi Baxtiyorni yaxshi taniysizlar, - degan edi Botirjon Zaynutdinov.

Baxtiyor Zaynutdinovning o‘zbek futbolchilari bilan munosabati juda yaxshi. U “Rostov”da Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan.

Bundan tashqari, avgust oyida “Paxtakor”dan TsSKA klubiga ko‘chib o‘tgan Abbosbek Fayzullaev ham yangi jamoaga moslashishida Baxtiyor Zaynutdinovning yordami katta bo‘lganini alohida tilga oldi.

30509.120134.789

Yana bir e’tiborga molik ma’lumot shuki, Baxtiyor Zaynutdinov Qozog‘iston milliy terma jamoasi tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi. Bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan 25 yoshli futbolchi xalqaro maydonda2018 yildan beri  34 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilishni uddalagan.

Baxtiyor Zaynutdinov Qozog‘iston, Rossiya va Turkiya klublaridagi faoliyati davomida jami 195 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 ta gol va  16 ta assist rasmiylashtirgan.

Fayzullaevni 30 million evroga sotinglar...

Fayzullaev bo‘lmaganida hujumchilarimiz to‘p kelishini kutib o‘tirardi...

Fayzullaevni olib ketishadi! TsSKA muxlislari Abbos haqida yana nimalar deyapti?

Fayzullaev Evropadan yaxshi taklifni rad etmaydi!

Legionerlarimiz muhtojlarga ovqat tarqatdi (foto)

Fayzullaevning kuchiga Evropaga o‘tganida baho beramiz!

Shomurodovni Italiyada men kashf qilganman, hali Eldorning yordami katta bo‘ladi!

Fayzullaev O‘runov duch kelgan muammolarga uchramaydi

Fayzullaev, qo‘rqmay bosaver!

Legionerlarimiz chempion “Ordabasi”da qoladimi?

Shomurodov eng oxirida, Husanov esa yo‘q!

Fayzullaev o‘zbek futbolining kuchli jihatini aytdi

Fayzullaevni emas, Messini maqtang!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
13/11/2023 08:39
Ёмон травма олдиде узиям
Ishoq Ruziev
13/11/2023 16:11
Burni strelka bo'lib qolli, qiyshayib
A A A A A
13/11/2023 05:57
Козогистон УЕФАга аьзо.Бу даражани билдиради.Бахтиёрга омад!